Drag You GAN — “kelajak fotoshopi” ishlab chiqilmoqda

Ushbu “fotoshop” sunʼiy intellekt asosida ishlaydi. Ikki marta bosish orqali rasmdagi obyektlarning joylashuvi va hajmini oʻzgartiradi va boʻshliqlarni avtomatik toʻldiradi.

Aytilishicha, rasmlarni tahrirlashda Drag You Gan bajara olmaydigan vazifaning oʻzi yoʻq ekan.

Natijalar esa hayratlanarli: neyron tarmoq mashinalar shaklini va odamlarning turishini oʻzgartiradi, sherlarning ogʻzini ochib, yopadi, juda kichik togʻlar va obyektlarning balandligini oshiradi, hokazo. 

U qanday ishlaydi?

Neyron tarmoq maʼlum tasvirlar, odamlarning turishi va shakllari, geografik obyektlar, avtomobillar va boshqalar haqida unga yuklangan maʼlumotlar asosida oʻrgatiladi. Foydalanuvchi tasvirni oʻzgartirishi kerak boʻlgan nuqtalarni tanlashi mumkin.

Ushbu nuqtalarni choʻzish yoki aksincha, yaqinlashtirish orqali foydalanuvchi tasvirni yoki undagi obyektlarning hajmini oʻzgartiradi.

Biroq loyiha hozircha ishlab chiqish jarayonida va yil oxirigacha taqdim etilishi va’da qilinmoqda.

Avvalroq Yandex kompaniyasi tomonidan “shedevr”: matnli soʻrovlar asosida tasvir yaratadigan neyrotarmoq ishlab chiqilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23