ChatGPT tibbiy maslahat berishda shifokorlardan ham oʻzib ketdi

JAMA Internal Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, tibbiy maslahatlar sohasida ChatGPT professional shifokorlarni ortda qoldirib, batafsilroq va ”chin ko‘ngildan” ko‘rsatma bergan.

Ushbu tadqiqotda Reddit ijtimoiy tarmogʻi bo‘ylab turli foydalanuvchilarning shifokorlarga bergan 195 ta tasodifiy savol va javoblari tahlil qilingan.

Keyin bu tibbiy konsultatsiyalar ChatGPTʼga berilgan va tibbiy mutaxassislar guruhi tomonidan baholangan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, ChatGPT javob sifati va bemorning holati boʻyicha shifokorlarga qaraganda yuqoriroq baholangan.

Chatbot javoblari uchun oʻrtacha “yaxshi”dan yuqoriroq ball olgan, shifokorlarning javoblari esa oʻrtacha 21 foizga past boʻlib, “qoniqarli” deb baholandi.

Bundan tashqari, ChatGPT odamlarning holati haqida 80,5% koʻproq qaygʻurishi aniqlandi. Shifokorlar “biroz xayrixohlik” koʻrsatgan, chatbotlar esa oʻz suhbatdoshlari bilan “samimiy” muloqot qilgan yoki oʻzini “juda hamdard” tutgan.

Misol tariqasida, bir kishi aksirganda qoʻlida ogʻriq sezishini aytib bundan tashvishlanish kerakmi, deb soʻradi. Shifokor unga javoban: “Tashvishlanishga hojat yoʻq”, degan. ChatGPT esa “erinmasdan” 5 abzatsdan iborat tavsiyanoma va ogʻriqning kelib chiqishi mumkin boʻlgan sabablarini batafsil yozib berdi.

Biroq, tadqiqotchilar tibbiyotda chatbotlardan foydalanishning xavf-xatarlari va foydalari boʻyicha koʻproq tadqiqotlar oʻtkazish zarurligini taʼkidladilar. Texnologiyaning rivojlanishi bilan sunʼiy intellektdan foydalanish natijasi nima boʻlishi hozircha nomaʼlum. Koʻplab shifokorlar esa, chatbot bevosita tibbiy maslahat bermasa ham elektron yozishmalarni yuritishda foydali boʻladi, deb hisoblashmoqda.

Oldinroq ChatGPT kelajagi porloq kasblar ro‘yxatini tuzib bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47