Kun gadjeti: ChatGPT sunʼiy intellekti bilan ishlaydigan smart soat ishlab chiqildi

Smart soat inson va sun’iy idrok o‘rtasida o‘zaro kommunikatsiyani yaratish imkonini beradi.

ChatGPT — OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan til modeli boʻlib, u tabiiy tilni tushunish va turli soʻrovlarga aqlli javoblarni taqdim etish uchun moʻljallangan. Ayni paytda avtomatik tarjima va kontent yaratish borasida imkoniyatlarini keng namoyish qilgan ChatGPT taʼsiri borgan sari texnologiya sanoatida oʻsishda davom etishi kutilmoqda.

Zepp Health kompaniyasiga tegishli, smart soatlar ishlab chiquvchi Amazfit, ChatGPT AI asosida dasturlangan dunyodagi birinchi aqlli soatni taqdim qildi. Yangi texnologiya ChatGPTʼning nafaqat salomatlik va fitnes maʼlumotlarini aks ettiruvchi, balki odamlar va sunʼiy intellekt oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni koʻrsatuvchi gadjet vazifasini oʻtaydi.

Amazfit ChatGPTʼning smart soatlar operatsion tizimi Zepp OSʼga integratsiyalashuvi texnologiya sanoatidagi muhim bosqichdir. Smart soat “interfeysida” ChatGPT yordamida bir qator qulayliklar yaratilgan.

2015-yilda ilk bor taqdim etilganidan beri Amazfit 90 dan ortiq mamlakatlarda millionlab foydalanuvchilarga ega boʻldi. Foydalanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sogʻligʻini yaxshilashga moslashgan brend aqlli soat-gadjetlar bozorida ilgʻorlikka erishdi.

Dunyodagi birinchi ChatGPT AI bilan dasturlangan soat koʻrinishi va funksiyalari gadjet yangi smart soatlar davrini boshlab berishidan dalolat bermoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18