ChatGPT ommaga ko‘rinish berdi. Endi uning yuzi va ovozi bor

Isroillik D-ID startapi “jonli” sunʼiy intellekt bilan muloqot qilish imkonini beruvchi yangi chat.D-ID veb-ilovasining beta-versiyasini ishlab chiqdi.

Ilova ChatGPT sunʼiy intellekti bilan jonli muloqotni yaratishda D-ID matnni videoga aylantiruvchi texnologiyasi asosida ishlaydi. Bir soʻz bilan aytganda, endi ChatGPT generatsiya qiladigan matnli maʼlumotlarni video koʻrinishida beradi va bunda ChatGPTʼning yuzini koʻrish, ovozini eshitish mumkin (bot havolasi maqola so‘nggida).

Startap rahbari Gil Perrining fikricha, ChatGPT chatbotiga ovoz va yuz berish uni koʻpchilik foydalanuvchilar, xususan, keksalar uchun yanada jozibador va qulay qiladi.

“Biz — insonlar suhbatdoshimizning yuzini koʻrib turgan holda muloqot qilishga moyilmiz, aynan shunday holatda maʼlumotlarni tez ilgʻab olamiz, suhbatni yaxshiroq tushunamiz”, — taʼkidladi Perri.

Hozircha barchaning sevimli yordamchisiga aylanib ulgurgan chat-botning bitta — qiz bola — Alisa koʻrinishi ishlab chiqilgan boʻlib, kelgusida variantlar koʻproq boʻlishi aytilmoqda. Misol uchun, foydalanuvchilar avatar sifatida oʻzlari istagan kishi rasmini yuklashlari mumkin boʻladi (taniqli shaxslar yoki jamoat arboblari suratlari bundan mustasno).

D-ID
D-ID

Chat.D-ID ilovasi mutlaqo bepul, biroq Perrining qayd etishicha, agar u mashhur boʻlib qolsa va ishga tushirish juda qimmatga tushsa, loyihada pullik obuna paydo boʻladi. Shu bilan birga, Perri D-ID ilovasi keng tarqalishi uchun avvaliga kirishni bepul qilishini aytdi.

Chat.D-ID saytidan foydalanish juda oson — to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Bunda sizda 20 ta chat’dan foydalanish imkoniyati mavjud. Qiziq tarafi, brauzerdan kirib foydalaniladigan mazkur xizmatda siz chatni boshlaganingizdan so‘ng, o‘sha chat tugagunga qadar Alisa doimo “harakatda” bo‘ladi — savol beradi, jim bo‘lib qolsangiz, shu yerdaligingizni so‘raydi, javob kelavermagach suhbatni yakunlashi haqida ogohlantirib tugatadi. 

ChatGPT bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun havola — https://chat.d-id.com/ Xizmat hozirda faqatgina ingliz tilida ishlamoqda. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47