Birinchi haydovchisiz elektr yogʻoch qayig‘i Dubayda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi

Sinov paytida qayiq haydovchisiz boshqariladigan dengiz transportlari koʻrsatkichlarida 6 dan 4 ballga baholandi.

Birinchi avtopilot rejimida harakatlanuvchi abra (arab. soyabonli anʼanaviy yogʻoch qayiq) Dubay yoʻllari va transport boshqarmasi (RTA) tomonidan sinovdan oʻtkazildi. Transport sakkiz yoʻlovchini tashishga moʻljallangan.

Loyiha mahalliy RTA Al Garhoud dengiz texnik xizmat koʻrsatish markazida Abra qayiqlarining oʻziga xosligini saqlab qolgan holda ishlab chiqarilgan.

Loyiha ahamiyatini tasavvur qilishingiz uchun kichik statistika: birgina 2022-yilda dengiz orqali 16 millionga yaqin yoʻlovchi tashilgan.

Elektr abra dizel dvigatelli modellarga nisbatan yuqori unumdorlik, nol uglerod chiqindilari, foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini 30% kamaytirish va shovqinsizligi bilan ajralib turadi. Qayiq maksimal tezligi 13 km/soat boʻlgan ikkita elektr motor, boshqaruv tizimi va yetti soatlik ishlashni taʼminlaydigan toʻrtta litiy batareya bilan jihozlangan. RTA Abra strukturasini loyihalashda yangi texnologiyalarni qoʻlladi va vaznni kamaytirish uchun korpus uchub shisha tolali materialdan foydalandi.

Qayiq, shuningdek, yoʻlidagi toʻsiqlarni aniqlaydi, boshqaruv markaziga tizimdagi har qanday nosozlik yoki ish rejasidan chetga chiqish haqida xabar beradi.

Avvalroq Chevrolet Tracker halokatga chidamlilik testidan oʻtkazilgandi (video).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47