Bepul va eng yaxshi 6 ta onlayn tarjimonlar

Onlayn tarjimonlar sayohat qilish, chet elliklar bilan muloqot qilish, til oʻrganish, filmlarni tomosha qilish va kontent bilan ishlashda juda qulaydir. Baʼzi onlayn tarjimonlar internetsiz ham ishlashi mumkin. Quyida ularni taqqoslab ham ko‘ramiz.

1. Google Translate

Ilova dunyoning 100 ta tiliga matnli, ovozli va rasmli tarjimani taqdim etadi. Tarjimon oflayn rejimda ishlashi mumkin, buning uchun siz til fayllarini smartfoningizga yuklab olishingiz kerak.

Yaxshi tarafi: real vaqtdagi muloqotni turli tillarga o‘girishi, rasmdagi matnni rasmni oʻzida tarjima qilishi mumkin va hokazo.

2. Yandex Translator

Ilovani Android va iPhoneʼga yuklab olib ishlatishingiz mumkin. 90 ga yaqin tilni qoʻllab-quvvatlaydi. Oflayn tarjima qilish uchun faqat ingliz, fransuz, nemis, italyan va ispan tillaridagi lugʻatlar mavjud. Boshlash uchun, Google tarjimonida boʻlgani kabi, siz matnni tarjima qilmoqchi boʻlgan tilni tanlashingiz kerak.

3.Microsoft Translator

Tarjimon onlayn va oflayn rejimlarda ishlaydi. Android va iPhone uchun ilovalari bor. Oflayn rejimda ishlashi uchun til fayllarini yuklab olish kerak.

4. Naver Papago

Ilovani Android va iPhone uchun ham yuklab olish mumkin. Telefoningizga yuklab olish uchun keng til bazasiga ega oflayn tarjima rejimi mavjud. Tarjimon Janubiy Koreyada ishlab chiqilgan, shuning uchun u asosan koreys tilidan koreys tiliga tarjima qilishga qaratilgan. Biroq, ingliz tilidan rus tiliga ovozli tarjima tez va samarali amalga oshirildi. Yagona noqulaylik shundaki, Android qurilmalari uchun rus tilidan ingliz tiliga tarjima funksiyasi hali ishlamayapti (u faqat iPhone uchun mavjud).

5. SayHi

Ilovaning Android va iPhone uchun versiyalari bor. Ilovaning kamchiligi shundaki, u tarjima uchun tilni avtomatik ravishda aniqlamaydi. Yaʼni, tarjima qilmoqchi boʻlgan tilni qoʻlda tanlashingiz kerak. Ikkinchi kamchilik — tarjimon faqat Internet bilan ishlaydi.

6. Instant Voice Translator 

Ilovani Android va iPhone uchun yuklab olish mumkin. Uning asosiy xususiyati shundaki, u sunʼiy intellekt algoritmlarida ishlaydi. Yaʼni dasturdan qanchalik koʻp foydalansangiz, tarjimalar shunchalik aniq boʻlib boraveradi. Ilova 70 dan ortiq tillarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Xulosa

Mazkur tarjimonlarning hammasi ham oʻzbek auditoriyasi uchun yaxshi tanlov boʻlmasligi mumkin. Biroq ingliz tilidan rus tiliga va aksincha tarjima qilganda tez hamda samarali ishlashi mumkin (Yandex Translator, SayHi, Instant Voice Translator). Naver Papago hali rus tilidan ingliz tiliga tarjima qila olmaydi, lekin aksincha boʻlganda toʻgʻri tarjima qiladi. Google Translate va Microsoft Translatorʼning nisbatan zaif tomoni ovozli tarjima qilishda seziladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47