Apple Watch kamari rangini kiyimingizga moslab o‘zgartirishingiz mumkin bo‘ladi

Apple kompaniyasi rangini oʻzgartirish mumkin boʻlgan tasmalar ixtiro qildi. Maqsad: eksklyuziv texnologiya va mijozlarning doimiy soat uchun kamar sotib olish muammosidan xalos qilish.

Apple Insider nashrining xabar berishicha, Apple brendli aqlli soatlar uchun rangni o‘zgartiruvchi kamarlarni patentlagan. Foydalanuvchilar kamar rangi yoki dizaynini o‘zlari istagan ko‘rinishga o‘zgartirishi mumkin.

Maʼlum qilinishicha, tasmaning oʻzi elektroxrom funksiyasidan iborat iplar bilan toʻqilgan matodan tayyorlanishi mumkin va bir yoki bir nechta iplar unga qoʻllaniladigan kuchlanishga javoban rangini oʻzgartiradi. Kamar rangi yoki naqshlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Apple Watch aqlli soatining oʻzida oʻzgartirish mumkin boʻladi.

Patent toʻrtta ixtirochi, jumladan Chjenyu Li, Chia Chi Vu va Silyang Syuga tegishli boʻlib, ular oldinroq tez kunlarda taqdim etiladigan HomePod uchun sensorli matolar yaratish ustida ishlagan.

Bunday kamarlarning sotuvga chiqish sanasi haqida ma’lumot yo‘q. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, Apple ko‘pincha g‘oyalarni patentlaydi, ammo ular amalga oshirilmaydi yoki noma’lum muddatga qoldiriladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23