Apple koʻrish, eshitish, fikrlash va gapirishda muammosi bor kishilar uchun bir qator imkoniyatlarni joriy qildi

Bugun, 18-may “Global Accessibility Awareness Day” — jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun imkoniyatlar yaratish kuniga bagʻishlab bir qancha yangi funksiyalari haqida maʼlum qildi.

  • Live Speech
  • Personal Voice
  • Point and Speak in Magnifier

va boshqa yordamchi xususiyatlar iPhone, MacBook va iPadʼda muloqot jarayonini yengillatish uchun ishlaydi va 2023-yil oxiriga qadar taqdim qilinadi.

Assistive Access (yordamchi kirish)

— u kognitiv (ong va fikrlashdagi nuqsonlar) muammosi boʻlgan foydalanuvchilarga yordam beradi.

Bu xususiyat kognitiv nuqsonlari boʻlgan odamlar va ularning yaqinlariga tegishli fikr-mulohazalarini toʻplaydi hamda asosiy eʼtiborni iPhone va iPadʼdagi mashgʻulotlarga qaratadi: yaqinlari bilan bogʻlanish, suratga olish, tomosha qilish va musiqa tinglash.

Assistive Accessʼda knopkalar yorqin va kattaroq aks ettiriladi, matnlar ham yirikroq koʻrinish oladi, umuman olganda, butun qurilma interfeysi foydalanuvchi salohiyatiga moslashtiriladi. Tasvir yoki matn orqali suhbatlashishni yoqtirishiga qarab yuboriladigan xabarlar yozish uslubi ham emojili yoki harfli tarzda oʻzgartirilishi mumkin.

Live Speech (jonli nutq)

iPhone, iPad va Macʼdagi Live Speech yordamida foydalanuvchilar telefon qoʻngʻiroqlari, FaceTime qoʻngʻiroqlari va shaxsiy suhbatlar davomida matnni ovozlashtirish imkoniyati taqdim etiladi. Bu nutqiy imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun muhim qulaylik yaratishi shubhasiz.

Qoʻshimcha funksiyalar:

  • Kar yoki eshitish qobiliyati zaif foydalanuvchilar Made for iPhone eshitish moslamalarini toʻgʻridan-toʻgʻri Macʼga ulab, ularni eshitish uchun sozlashlari mumkin.
  • Ovozli boshqaruv funksiyasi matnni tahrirlash uchun fonetik koʻrsatmalarni qoʻshadi, shuning uchun matnni aytib turib yozayotgan foydalanuvchilar bir xil talaffuz qilinadigan bir nechta soʻzlardan birini tanlashi mumkin, masalan, “do”, “due” va “dew” kabi.
  • Switch Controlʼdan foydalanadigan jismoniy va tayanch nogironligi bor foydalanuvchilar iPhone va iPadʼda sevimli oʻyinlarini oʻynash uchun istalgan Switchʼni oʻyin oʻynash garniturasi oʻrnida ishlatishi mumkin.
Switch Control
Switch Control
  • Zaif koʻruvchi foydalanuvchilar endi Finder, Messages, Mail, Calendar va Notes kabi Mac ilovalarida matn hajmini osonroq sozlashlari mumkin.
  • VoiceOver foydalanuvchilari uchun Siri ovozlari, hatto suhbatlarning eng yuqori tezligida ham tabiiy va ifodali eshitiladi; foydalanuvchilar, shuningdek, 0,8x dan 2x gacha darajada Siri bilan gaplashish tezligini sozlashlari mumkin.

Avvalroq  Apple Watch aorta yorilishi tufayli hushidan ketgan ayolning hayotini saqlab qolishga yordam bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

AnTuTu 2024 yil oktyabr oyi uchun eng kuchli iOS qurilmalarining reytingini e'lon qildi
Reytingning oxirgi - o'ninchi o'rnida esa iPhone 16 smartfonining ikkita turi (Pro va Pro Max modellari) joy olgan.
Texnologiya
10:09
Instagram yoshni yashirishga qarshi yangi tizim ishga tushirdi
Instagram yoshlarning yoshi haqida yolg'on ma'lumot berishini aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda: do'stlarning tug'ilgan kun tabriklari orqali ham haqiqiy yoshni aniqlash mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar
08:51
ChatGPT AI qidiruv tizimi hozircha "Google raqibi" bo'la olmaydi: Kalit so'zlar bilan qidiruv ishonchsiz
Balki kelajakda "Google qotili" bo'lar, lekin bugun emas
AI
06 noyabr, 11:17
iPhone 16, 15 va 14 kameralarining farqlari ko'rsatib berildi
Faqat kamera uchun yangi modelga o'tishning hojati yo'q
Smartfon
06 noyabr, 09:07