Apple smart xonadonlar uchun maxsus HomePod kolonkasining yangi va ixcham versiyasini ishlab chiqmoqda

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuoning soʻzlariga koʻra, Apple kompaniyasi HomePodʼning 7 dyuymli (~18 sm) displeyli, yangilangan ko‘rinishini tayyorlamoqda.

macrumors.com

Kuoning taʼkidlashicha, HomePod displeyi boshqa Apple texnikalari bilan integratsiyasi sezilarli darajada yaxshilangan. Qurilma Google Nest Hub yoki Amazon Echo Shows kabi aqlli uylarni masofadan boshqarish pulti vazifasini bajaradi.

2021-yilda Bloomberg jurnalisti Mark Gurman, Apple haqiqatan ham displey va kameralarga ega HomePod’ning yangi modellari ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, Apple kompaniyasi aqlli uy strategiyasini qayta takomillashtirayotgan ham aytib o‘tilgandi.

Yangilangan HomePod 2024-yilning birinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Apple ilk HomePod kolonkasini 2017-yilda taqdim etgan bo‘lib, mazkur gadjet smart xonadonlarni to‘liq Apple boshqaruvga o‘tkazishga yordam beradi. Ko‘rinishidan ovozli yordamchi hisoblangan HomePod iPhone smartfonlari orqali boshqariladi va xonadoningiz bo‘ylab masofaviy boshqarilishi mumkin bo‘lgan texnikalarni ishlatish, musiqa qo‘yish yoki qo‘ng‘iroq qilish kabi vazifalarni bajaradi. Kolonkaga Siri ovozli yordamchisi o‘rnatilgan.


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56