Apple eng soʻnggi bosqichda rangli AirPodsʼdan voz kechdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Apple prototiplari kollektori Kosutami pushti AirPods zaryadlovchi qutisi suratini ulashdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu zavoddan chiqqan rangi. Apple AirPodsʼlarni qora, pushti, binafsha va qizil kabi turli xil ranglarda chiqarishni rejalashtirgan.

Rangli AirPodsʼlarning chiqarilishi PVT bosqichida — ommaviy ishlab chiqarish boshlanishidan oldingi yakuniy sinovda bekor qilingan.

Qizigʻi shundaki, korpusning faqat tashqi tomoni nostandart rangga ega edi. Ichki qismi odatiy AirPodsʼlar kabi oq rangda.

Boshqa tarafdan, rejalashtirilgan mahsulot liniyasini bunday kech bosqichda bekor qilinishi undan qiziq. Kosutamida Appleʼning rejadan voz kechishi sabablari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.

AirPods yoki zaryad qurilmalarini boshqa ranglarda ham chiqarish fikri Appleʼda yana qachon paydo boʻlishini bilmaymiz, shu sababli hozircha rang-barang AirPodsʼlarni xohlaganlar uni qimmatbaho maxsus boʻyoqda boʻyatish yagona variant boʻlib qolaveradi (9to5mac).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47