Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.

Bu o‘z-o‘zidan katta yutuq. Ammo yanada hayratlanarlisi — bu raqamga qanday tezlikda yetilganidir.
Apple ilk iPhone’ni 2007-yilda taqdim qilgan.
1 milliardinchi iPhone 2016-yilga kelib — ya’ni 9 yil ichida sotilgan.
Keyingi 2 milliard esa atigi 5 yil ichida qo‘lga kiritildi.
Va 3 milliardga yetish uchun esa yana 4 yil kifoya qilgan.
Bu shuni anglatadiki, Apple telefon sotish sur’atini yildan-yilga oshiryapti.
Yana bir muhim omil — yoshlar orasida iPhone’ga bo‘lgan talab. Ayniqsa AQShda Android telefonlariga qaraganda iPhone’lar ancha mashhur. Bu esa iPhone savdosining hali ham davom etishini ko‘rsatmoqda.
Tanqidlar, AI xatolari yoki dizayn o‘zgarishlariga nisbatan salbiy fikrlar bo‘lishi mumkin, lekin bir narsa aniq:
Apple telefon sotishni juda yaxshi biladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar