70 km masofa va 25 km/s tezlikka ega Xiaomiʼdan yangi Electric Scooter 4 Ultra

Yangi model biz faqat smartfonlarga nisbatan ishlatib o‘rgangan Ultra tushunchasini kengaytirib yuborishi aniq — Yevropada taqdim etilgan yangi skuter shu paytgacha ishlab chiqarilganlarning eng tezkori boʻlmoqda.

Bir martalik quvvat bilan 70 km masofani bosib oʻtuvchi elektr skuterni 26-fevral kuni Mobile World Congress (MWC) koʻrgazmasida Xiaomi kompaniyasi taqdim etdi. 

Yangi model Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra deb nomlanadi va uning xususiyatlari koʻp jihatdan oldingi Xiaomi Electric Scooter 4 Pro’dan oʻzib ketadi.

Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra texnik xususiyatlari:

  • alyuminiy qotishmadan tayyorlangan rama;
  • nominal quvvati — 500 vatt, maksimal — 940 vatt;
  • quvvat olish vaqti — 6,5 soat;
  • maksimal tezlik — 25 km/soat;
  • koʻtarilish uchun yoʻlning maksimal qiyalik burchagi — 25 daraja;
  • masofa davomiyligi — 70 km (≈ 75 kg yuk bilan hisoblanganda);
  • toʻrtta boshqaruv rejimi: piyoda, standart, sport va sport plyus;
  • IP55 standarti boʻyicha chang va namlikdan himoyaga ega;
  • ikkita tormoz kolodka, oʻn dyuymli Xiaomi DuraGel gʻildiraklari (oldingisi baraban, orqa tarafdagisi elektr);
  • Bluetooth va Xiaomi/Mi Home ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi;
  • maksimal yuk ortish — 120 kilogramm;
  • Buklangan holatdagi oʻlchamlari: 1200 × 550 × 535 mm;
  • Ochilmagan holatdagi oʻlchamlari: 1200 × 550 × 1260 mm;
  • Ogʻirligi — 25 kilogramm.

Ajoyib ultra uslubdagi yangi Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra mazkur yilning aprel oyida sotuvga chiqariladi. Narxi taxminan 1 000 dollardan boshlanadi.

www.mi.com
www.mi.com

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56