Oyda dafn etilgan yagona odam

Shu kungacha Oyda jami 12 kishi boʻlib qaytgan va tez orada bu raqam yana oʻsishni boshlaydi. Lekin maʼlum boʻlishicha, Yerning yoʻldoshida faqatgina bir kishi dafn etilgan.

Oyda xoki qolgan yagona odam, geolog va sayyorashunos olim Yudjin Shumeyker keyinchalik oʻz ismi berilgan Yupiterga uchgan Shumeyker-Levi kometasini aniqlagan edi.

Shumeyker 1994-yilda kometani rafiqasi Kerolin va hamkasbi Devid Levi bilan birga kashf etgan. Kometaning Yupiter bilan toʻqnashuvi tarixda olimlar tomonidan kuzatilgan shunday toʻqnashuvlarning birinchisi hisoblanadi.

Yudjin Shumeyker
Yudjin Shumeyker

Geologiya va astronomiya boʻyicha chuqur bilimlari Shumeykerni sayyoralar fanini yaratishga yordam berdi. U Yerdagi kraterlarni oʻrganish bilan shugʻullangan va 1960-yillarning boshida Astrogeologik tadqiqotlar dasturiga asos solgan. U hatto Apollon missiyalarining baʼzi astronavtlarini oʻqitgan.

Uning ilm va izlanishga bagʻishlangan qizgʻin hayoti 1997-yil 18-iyul kuni avtohalokat tufayli yakun topdi. Oʻsha paytda Shumeyker Avstraliyadagi meteorit kraterini oʻrganayotgan edi.

Koinotga uloqtirilgan xoklar

Celestes kompaniyasi “kosmik” dafn marosimini muvaffaqiyatli oʻtkazgan yagona tashkilot hisoblanadi. 

“Bizning birinchi parvozimiz 1997-yil aprel oyida Kanar orollaridan amalga oshirilgan”, deydi kompaniya bosh direktori va hammuassisi Charlz Chefer. “Oʻshanda Taʼsischilar reysiga 24 kishini yuborgandik”. Ular orasida bir nechta mashhur shaxslar bo‘lgan xolos, asosiy qismi oddiy odamlar edi. Odatda bu orbitaga yuborilgan “posilkalar” hisoblangan.

Olimning ushalgan armoni

Lekin Shumeykerning parvozi esa boshqacha boʻldi. Uning kosmonavt boʻlishni juda orzu qilgani, ammo tibbiy sabablarga koʻra bu armoniga aylanganini bilgan hamkasbi Kerolin Porko olimni Oyga yuborishga qaror qildi. Buni qarangki, gʻoyani NASA ijobiy qabul qildi.

Yudjin rafiqasi Kerolin Shumeyker bilan
Yudjin rafiqasi Kerolin Shumeyker bilan

Loyihaning shu qadar noyob va oʻziga xosligidan, kompaniya deyarli hech qanday pul soʻramadi: “Menimcha, biz faqat kapsulaning narxini soʻradik”, dedi Chefer.

Oyga dafn qilish marhum olimning hamkasbiga taxminan 600 dollarga tushgan. 

1998-yil 6-yanvarda Lunar Prospector Oyning janubiy qutbiga yoʻl oldi. Missiyaning asosiy vazifasi muzni qidirish edi. Ammo bortida Shumeykerning kuli solingan kichik polikarbonat kapsulasi ham bor edi. Kapsula Arizonadagi meteorit krateri (Shumeyker kosmonavtlarni oʻqitgan) Xeyl-Bopp kometasi va Romeo va Julyetta asaridan iqtibos bilan bezalgan, olimning ismi va hayot sanalari koʻrsatilgan mis folga bilan oʻralgan edi.

1999-yil 31-iyulda missiya yakunlandi va NASA kemani oy yuzasiga joʻnatdi. Shunday qilib, Shumeyker Oyda dafn etilgan birinchi va hozirgacha yagona odam boʻlib qolmoqda.

Celestes kompaniyasi shu kungacha 15 ta missiyani tashkil qildi (ularning hammasi ham orbitaga yetib bormagan). Luna 1 missiyasi esa boshqa samoviy jismga yuborilgan yagona missiya boʻlib qolmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17