iPhone 14 vs iPhone 14 Pro: qaysi birini sotib olgan yaxshiroq?

iPhone 14 va iPhone 14 Pro — narxi, batareya quvvati va ogʻirlik kabi xususiyatlari qanchalik farq qiladi? Ko‘pchilik xaridorlar mazkur ikki modeldan qay birini sotib olishda ikkilanar ekan. Quyida ularning qaysi biri sizga koʻproq toʻgʻri kelishini aniqlashda yordam beramiz.

iPhone 14 va iPhone 14 Pro: ekran oʻlchamlari

Maʼlumot uchun, ilk marta standart iPhone 14 va iPhone 14 Pro bir xil ekran oʻlchamlarida chiqarilgan modellar hisoblanadi. Qaysi birini tanlashingizdan qatʼiy nazar, sizda 6,1 dyuym yoki 6,7 dyuymli ekran oʻrtasida tanlov turadi. Bu oxirgi ikki yildagi sezilarli oʻzgarish boʻlib, oldinlari kattaroq ekran istaganlar uchun faqatgina narxi ham qimmatroq boʻlgan Pro Max yagona tanlov boʻlardi.

Ammo ekran texnologiyasi va xususiyatlari jihatidan katta farqlar mavjud. Xususan, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max silliqroq animatsiyalar uchun ProMotion displey texnologiyasini, Dinamic Island va Always-On displeyga ega.

iPhone 14 Prodagi har doim yoniq displey ekran qulfi vidjetlari, vaqt va fon rasmini doim ekranda koʻrib turish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Dinamic Island interaktivlikning yangi darajasini taklif qiladi: qoʻshimcha parametr va boshqaruv elementlarini topish uchun bosib ushlab turishingiz mumkin. Dynamic Island Musiqa ilovasidagi kontent uchun albom rasmlari, FaceTime boshqaruvlari, muayyan fondagi harakatlar va boshqalarni namoyish qilishi mumkin. iOS 16 da taqdim etilgan yangi Live Actions xususiyati ham Dynamic Island bilan integratsiyalashgan, yaʼni siz jonli bildirishnomalarni ekranning yangi maydonida koʻrishingiz mumkin.

Bu displeylar orasidagi eng katta farqlar boʻlsa-da, boshqa texnik tafsilotlar ham mavjud:

iPhone 14 va iPhone 14 Pro modellarining boshqa oʻlchamlari deyarli bir xil. Eng katta farq — bu ogʻirligi: iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max sezilarli darajada ogʻirroq. Buning sababi ogʻirroq zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan qirralar, kattaroq kamera modullari va kattaroq batareyalarda.

Ishlash samaradorligi

Tarixda birinchi marta Apple iPhone 14 va iPhone 14 Pro oʻrtasida unumdorlikni teng taqsimladi. iPhone 14 modellarida oʻtgan yili ishlatilgan A15 chipining yangilangan versiyasi mavjud (qoʻshimcha GPU yadrosi bilan). iPhone 14 Pro modellarida Apple kompaniyasining birinchi 4nm protsessori boʻlgan eng soʻnggi Apple A16 Bionic chipi ishlatiladi.

Batareya muddati

Qaysi iPhone 14 ga buyurtma berishni hal qilishda batareyaning ishlash muddati muhim omil hisoblanadi:

  • iPhone 14 — video ko‘rganda 20 soat, audio eshitganda 80 soat
  • iPhone 14 Pro — video ko‘rganda 23 soat, audio eshitganda 75 soat

Kamera

iPhone 14 va iPhone 14 Pro oʻrtasidagi keyingi eng katta farqlardan biri bu kamera texnologiyasidir. iPhone 14 Proʻda yangi 48 megapikselli kamera tufayli asosiy kamera suratga olinayotgan tasvirga moslashish uchun toʻrt pikselli texnologiyadan foydalanadi.

iPhone 14 da oʻrta va past yorugʻlik ishlashini, ultra keng kamerada 2x gacha, TrueDepth kamerasida 2x va asosiy kamerada 2,5x yaxshilanishlarni koʻrishingiz mumkin.

iPhone 14 Proda afzalliklar yanada koʻproq: asosiy kamerada 2x gacha, ultra keng kamerada 3x gacha, telefoto kamerada 2x gacha va TrueDepth kamerasida 2x gacha.

Frontal (old) kamerada ikkalasi ham past yorugʻlikda yaxshi surat va videolarni taqdim etadigan yangi ƒ/1,9 diafragma kamerasidan foydalanadi. Shuningdek, u birinchi marta avtofokusni taklif qiladi, shuning uchun u past yorugʻlikda fokuslanishi va uzoqroq masofadan guruhli selfi olishi mumkin.

Ranglar

iPhone 14 va iPhone 14 Plus besh xil rangda mavjud:

 • Yarim tun

 • Binafsha

 • Yulduz nuri

 • Qizil

 • Moviy

iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max to‘rt xil rangda mavjud:

 • Kumushrang

 • To‘q binafsha

 • Kosmik qora

 • Oltin

Xotira

iPhone 14 va iPhone 14 Plus:

 • 128 GB

 • 256 GB

 • 512 GB

iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max:

 • 128 GB

 • 256 GB

 • 512 GB

 • 1 TB

Narxlar

iPhone 14:

 • 128 GB - 9 mln 927 ming so‘m (internet do‘konlari ichida eng arzon takliflarni joylashtirdik)

 • 256 GB - 11 mln 329 ming so‘m

 • 512 GB - 12 mln 909 ming so‘m

iPhone 14 Plus:

 • 128 GB - 10 mln 861 ming so‘m

 • 256 GB - 11 mln 796 ming so‘m

 • 512 GB - 13 mln 431 ming so‘m

iPhone 14 Pro:

 • 128 GB - 12 mln 964 ming so‘m

 • 512 GB - 17 mln 518 ming so‘m

iPhone 14 Pro Max:

 • 128 GB - 13 mln 898 ming so‘m

 • 256 GB - 15 mln 066 ming so‘m

 • 512 GB - 18 mln 219 ming so‘m

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57