Tadqiqot: barcha davrlarning eng yomon iPhone modeli ma’lum bo‘ldi
PerfectRec tadqiqotchilari shu kungacha taqdim etilgan barcha iPhone smartfonlari to‘g‘risida tajriba o‘tkazdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p xarid qilingan va past baholangan modellar ma’lum qilindi.
iPhone 5C — 64% foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholangan va eng kam sonli xaridorlarga ega ekanligini aniq bo‘ldi. iPhone 5 va 5S koʻrsatkichlari ham deyarli shunday koʻrsatkichga ega — har biri 65% dan.
Oʻshandan beri xaridorlar keyingi iPhone modellarini bozorga iPhone 14 chiqquniga qadar yaxshi kutib olishgan va ijobiy koʻrsatkich oʻsib kelgan. 14 modellarida esa, xaridorlarning atigi 72 foizi asosiy modelni, 75 foizi esa 14 Plusʼni yuqori baholagan. Bunday koʻrsatkich modeldagi yangi fishkalarning ozligi, jumladan, oʻzgarmagan protsessor bilan ham, smartfonning bozorga kelganiga nisbatan koʻp boʻlmagani bilan ham bogʻlash mumkin — iPhone 14 seriyasi bozorda bor-yoʻgʻi 8 oydan beri mavjud.
Shuningdek, xaridorlar anʼanaviy ravishda har uch avlodning iPhone SE modellarini past baholadilar va Pro modellari, aksincha, asosiylariga qaraganda koʻproq ijobiy sharhlarga ega boʻlishdi.
Avvalroq Giglink.uz nashri rus zargarlik kompaniyasi mavjud bo‘lmagan iPhone 15 Pro va Pro Max uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshlagani haqida xabar bergandi.