Androiddagi eng foydali ilovalar. Ular iPhoneʼda yoʻq

Odatda barchamiz iOS va Android bir-biridan unchalik farq qilmaydigan operatsion tizimlar deb oʻylaymiz. Aslida esa, Android Play Storeʼda boshqa dasturiy tizimlarda mavjud boʻlmagan koʻplab kerakli dasturlar mavjud.

Ularning koʻpchiligi asosan Appleʼning ilovalarni joylashtirishdagi murakkabliklari tufayli App Storeʼda uchramaydi, tashqi manbalardan dastur yuklash esa iPhoneʼda ilojsiz (Apple faqatgina Yevropa uchun tashqi manbalardan ilovalar yuklash imkoniyatini 2023-yil oxiriga kelibgina ochishi mumkin).

Android ekvalayzerlari

Android sizga Google Playʼdan turli ekvalayzer ilovalarini yuklab olish va telefoningizdagi ovozni oʻzingizning xohishingizga koʻra sozlash imkonini beradi. Shu bilan birga, ilovalar nafaqat oldindan oʻrnatishlarga tayyor, balki virtualizatsiya yoki bassni kuchaytirish kabi qoʻshimcha ovoz sozlamalariga ham ega. Misol uchun, Ekvalayzer ilovasida siz hatto dinamik ovozini ikki baravar oshirishingiz mumkin, bu har qanday smartfon uchun juda yaxshi imkoniyat.

Ammo iPhoneʼda bunday ilovalar yoʻq. Ovozni smartfoningizga yuklash imkonini beruvchi cheklangan alternativalar mavjud, biroq ular Apple Music yoki Spotify manbasiga sinxronlangan boʻladi. Shuningdek, bu funksiya ilova “ichida” ishlaydi, yaʼni ovoz sifati faqat ekvalayzer ilovasida oʻzgaradi, uni yuklab tashqi manbalarga uzatishni iloji boʻlganida ham ovoz balandligi oʻzgarmagan boʻladi. Bularning barchasi maʼlum iOS cheklovlari va qoʻshiqlarning DRM himoyasi bilan bogʻliq, shuning uchun Android smartfoni va iPhoneʼga ulangan bir xil naushniklar butunlay boshqacha tovushni yetkazib beradi.

Smartfonlar uchun torrent

Torrentlar hatto 2023-yilda ham dolzarbdir: ha, mualliflik huquqining buzilishi yaxshi emas, lekin agar siz turgan hududda baʼzi bir sabablarga koʻra, u yoki bu ilova ishlamasa, tabiiyki, torrentlarga murojaat qilishga toʻgʻri kelishi mumkin.

App Storeʼda esa torrentlar yoʻq va boʻlmaydi, chunki Apple ilovalari doʻkoni foydali biznesdir. Bunday ilovalarni qoʻshish orqali ayfonchilar shunchaki oʻz oyoqlariga oʻzlari oʻq uzgan boʻladi — sababi, foydalanuvchilar kontent, dasturlar, musiqa va boshqa narsalarni bepul yuklab olishlari mumkin boʻladi. Googleʼda bunday muammolar yoʻq, shuning uchun uTorrentʼni toʻgʻridan-toʻgʻri ilovalar doʻkonidan yuklab olish mumkin.

Android uchun launcher

Android smartfonining dizaynini oʻzgartirish juda oson: shunchaki Nova Launcher yoki shunga oʻxshashini yuklab oling va uni oʻrnating, shundan soʻng tizim boshqacha koʻrinishni boshlaydi. 

Nafaqat ilova belgilari, balki effektli tugmalar, shuningdek, tovushlarni oʻz ichiga olgan butun smartfon ichki dizayni ham oʻzgaradi. Shunday qilib, Android smartfonining interfeysini istagancha oʻzgartirish mumkin.

iOS foydalanuvchilari esa bunday estetik zavqdan bebahra qolishgan. ishsiz. Ha, ilova belgilarini bir qadar oʻzgartirishni iloji boʻlishi mumkin, lekin bu Androidʼdagi kabi keng qamrovli va chuqur oʻzgartirishlarga ega boʻlmaydi.

Avvalroq Giglink.uz Google Playʼda pullik obunalarga ega yangi virus dasturlar aniqlangani va ular ro‘yxatini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33