YouTube'dagi mashhur texnobloger yilning eng yaxshi smartfonini tanladi va bu iPhone emas

Bu shaxsiy tanlov, albatta

Videodan skrinshot

YouTube'ning eng yirik texnoblogeri Markes Braunli (Marques Brownlee) smartfonlar bozorida o'zining shaxsiy yil yakunlarini e'lon qilib, eng yaxshi qurilmalarni tanladi.

Albatta, bu bir kishining fikri, lekin uning katta auditoriyasi va ta’siri sabab, bu ro‘yxatga e’tibor qaratishga arziydi

Braunlining fikricha, yilning eng yaxshi smartfoni kutilmaganda deyarli bir yil oldin chiqarilgan Samsung Galaxy S24 Ultra bo‘ldi. U ushbu smartfondan boshqa qurilmalarga qaraganda ko‘proq foydalanganini aytdi, chunki bu telefon yilning boshida chiqarilgan va undan foydalanishga ko‘proq vaqt bo‘lgan.

Shuningdek, u ushbu qurilmaning quyidagilarini maqtadi:

  • Ekranning nur qaytarmas qoplamasi;
  • Uzoq vaqt ishlay oladigan quvvati;
  • Kameralari va boshqa funksiyalari.

Boshqa nominatsiyalar esa quyidagicha:

- Yilning muvaffaqiyatsiz modeli: Asus Zenfone 11 Ultra

- Yilning eng katta o‘zgarishi: Google Pixel 9 Pro Fold

- Eng yaxshi buklanadigan smartfon: Google Pixel 9 Pro Fold

- Eng yaxshi dizayn: Huawei Mate XT

- Eng yaxshi batareya muddati: Red Magic 10 Pro

- Eng yaxshi narx va sifat nisbati: Nothing Phone 2a

- Eng yaxshi kamera: iPhone 16 Pro

- Eng yaxshi kichik telefon: iPhone 16

- Eng yaxshi katta telefon: Samsung Galaxy S24 Ultra

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47