Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max solishtirish: Samsung Apple’ni ortda qoldirdi

Samsung Galaxy S25 Ultra 3DMark Steel Nomad Light testida iPhone 16 Pro Max’dan aniq yuqori natijalarni qayd etdi.

@Wccftech

Samsung va Apple kompaniyalarining yangi flagmanlari – Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max smartfonlarining quvvatini solishtirish bo‘yicha test natijalari e’lon qilindi. 

3DMark Steel Nomad Light testida Galaxy S25 Ultra iPhone 16 Pro Max’dan ancha yuqori natijalarni ko‘rsatdi.

Bu test, asosan, grafik qobiliyatni baholash uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
- unda Galaxy S25 Ultra Snapdragon 8 Elite protsessori bilan 2617 ball to‘pladi.
- iPhone 16 Pro Max A18 Pro chipi  1922 ballga ega bo‘ldi.

O‘rtacha kadrlar soni (FPS) bo‘yicha ham
- Galaxy S25 Ultra 19.39 FPS
 -iPhone’ning 14.2 FPS’siga nisbatan 36% yuqori natija ko‘rsatdi.

Bu esa Samsung’ning yangi Adreno GPU’sining ustunligini tasdiqladi.

Bundan tashqari, Geekbench 6 testida ham Galaxy S25 Ultra ko‘p yadroli vazifalarda iPhone’dan deyarli 20% yuqori natija ko‘rsatdi.

Biroq, A18 Pro chipi bir yadroli ishlashda hali ham yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Test natijalaridagi farq, asosan, Snapdragon 8 Elite’ning yuqori chastotali GPU’si va Galaxy S25 Ultra’ning yaxshilangan sovutish tizimi hissasi bilan izohlanadi.

Bu yangilanishlar Samsung qurilmasiga yuqori quvvat samaradorligini ta’minladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23