Xiaomi eng qimmat smartfonining chiqarilish sanasi maʼlum boʻldi

Xiaomi kompaniyasi 7-iyun kuni Xiaomi 13 Ultra flagmanining global taqdimotini oʻtkazadi.

Aprel oyida Xitoyda taqdim etilgan Xiaomi 13 Ultra 7-iyun kuni jahon bozorida namoyish etiladi. Taqdimot hisoblagichi kompaniyaning Gonkong veb-saytida paydo boʻldi.

Koʻplab insayder maʼlumotlarga koʻra, smartfonning narxi kompaniya tarixidagi jahon bozoridagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlishi mumkin. Yevropada Xiaomi 13 Ultra 1 385$ — 1 607$ narxda taklif qilinishi kutilmoqda.

Smartfon Oʻzbekistonda taqdim etiladimi va uning narxi qanday boʻlishi hozircha nomaʼlum. Yangi flagman boshqa davlatlar bozorlarida 1 730$ atrofida baholanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Xiaomi 13 Ultra kompaniyaning Leica muhandislari bilan hamkorlikda yaratilgan 50 megapikselli toʻrtta kamera tizimiga ega foto flagmani hisoblanadi. Smartfon, shuningdek, Snapdragon 8 Gen 2 chipsetiga, 6,73 dyuymli 2K AMOLED ekranga, bozordagi eng yuqori yorqinligi 2600 nitsga ega.

Avvalroq Giglink.uz Xiaomi 13 Ultra funksiyalari, ustunligi va narxlari haqida batafsil maʼlumot bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23