Telefonga zararli dasturlarni yuklovchi 38 ta Android ilovasi. Ularni hoziroq o‘chiring

McAfee tadqiqotchilari butun dunyo boʻylab oʻn millionlab Android qurilmalariga zarar yetkazadigan yana 38 ta ilova roʻyxatini taqdim qildi.

“HiddenAds” kampaniyasining bir qarashda unchalik zararli koʻrinmagan, biroq akasi “Goldoson” virusli ilovalaridan yashirin reklamalari bilan farqi qiladi xolos.

Xususan, yaqinda butun dunyo boʻylab 35 millionga yaqin (!!!) Android foydalanuvchisi mobil oʻyin seanslari fonida asosiy maqsadi turli xil noqonuniy kompaniyalar va jismoniy shaxslarga noqonuniy daromad keltiruvchi reklamalarni topgan.

Mazkur ilovalar foydalanuvchi maʼlumotlari maxfiyligiga unchalik taʼsir qilmaydiganga oʻxshaydi, lekin tasodifan bunday turdagi zararli dasturlarni oʻrnatgan har bir kishi telefoni kutilmaganda sekinlashishi yoki qotib qolishiga duchor boʻladi.

  • Block Box Master Diamond
  • Craft Sword Mini Fun
  • Block Box Skyland Sword
  • Craft Monster Crazy Sword
  • Block Pro Forrest Diamond
  • Block Game Skyland Forrest
  • Block Rainbow Sword Dragon
  • Craft Rainbow Mini Builder
  • Block Forrest Tree Crazy
  • Craft Clever Monster Castle
  • Block Monster Diamond Dragon
  • Craft World Fun Robo
  • Block Pixelart Tree Pro
  • Craft Mini Lucky Fun
  • Block Earth Skyland World
  • Block Rainbow Monster Castle
  • Block Fun Rainbow Builder
  • Craft Dragon Diamond Robo
  • Block World Tree Monster
  • Block Diamond Boy Pro
  • Block Lucky Master Earth
  • Craft Forrest Mini Fun
  • Craft Sword City Pro
  • Block Loki Monster Builder
  • Block Boy Earth Mini
  • Block Crazy Builder City
  • Craft Sword Vip Pixelart
  • Block City Fun Diamond
  • Craft City Loki Rainbow
  • Craft Boy Clever Sun
  • Block City Dragon Sun
  • Craft Loki Forrest Monster
  • Lokicraft: Forrest Survival 3D
  • Craft Castle Sun Rain
  • Craft Game Earth World
  • Craft Lucky Castle Builder
  • Craftsman: Building City 2022
  • Craft Rainbow Pro Rain

Maʼlum boʻlishicha, mazkur oʻyinlar nomida ham diqqatni jalb qilish uchun “blok”, “olmos”, “hunarmandchilik”, “qilich”, “monster”, “oʻrmon”, “quruvchi” va “kamalak” kabi soʻzlari ishlatilgan. Kampaniyaning asosiy maqsadi AQSh, Kanada, Janubiy Koreya yoki Braziliyada istiqomat qiluvchilar foydalanuvchilar ekanligi ham aytib oʻtilgan. Lekin bu davlatlarda yashamaslik xavfni kamaytiradi, degani emas.

Shunday ekan, mazkur roʻyxatdagi ilovalarni aslo yuklamang, agar telefoningizda boʻlsa hoziroq oʻchirib chiqing.

Avvalroq Giglink.uz iOS va Androidda tashqi kuzatuvdan himoya qiluvchi yagona yechim ishlab chiqilishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33