Samsung kamerasida olingan Oy rasmlari soxta bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung smartfonlarining “kosmik zum” funksiyasini sinab ko‘rishdi va kompaniyani ko‘zbo‘yamachilikda ayblashdi.

Samsung smartfonlarining oyni favqulodda tiniq olishi haqida koʻp eshitganmiz, oxirgi 2 yilda chiqarilayotgan koreys flagmanlari ham aynan mana shu — “istasang shu falakdan oyni olib beraman” qabilidagi Oyni tiniq tasvirga olishi borasida iPhone kameralari bilan bellashib kelmoqda…va har safar Samsung kamerasi nisbatan tiniq Oy surati bilan “gʻolib chiqyapti” ham. 

Oldinroq biz amerikalik bloger Markers Braunli o‘zining YouTube kanalida Samsung Galaxy S23 Ultraʼda Oyni tasvirga olish jarayonini ko‘rsatib berib uni iPhone’dan kuchli ekanini ko‘rsatib bergani haqida ma’lum qilgandik

Biroq, buni qarangki, yillab galaktikani tasvirga olishi bilan kerilib kelgan Galaxy flagmanlarining “kosmik zum” effekti shunchaki sunʼiy idrok sharofati bilan amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkin ekan. Reddit tarmogʻi foydalanuvchilarining biri Samsungning 100x “kosmik masshtab” funksiyasi oyning ultra tiniq suratlarini yaratishda koʻp jihatdan sunʼiy intellektga tayanishi mumkinligini aniqlaganidan soʻng, YouTube blogeri Markes Braunli Galaxy S23 Ultra bilan mazkur taxminni qanchalik rostligini amalda sinab koʻrishdi.

Reddit foydalanuvchisi taqdim qilgan rasmlar bilan solishtirganda blogerlar olgan tasvir biroz tiniqroq chiqdi. Oyning surati aslidagidek xira koʻrinadi, faqat bu rasmda “sharpness” (резкость) kuchliroq.

Xoʻsh, buning nimasi koʻzboʻyamachilik?

Muhimi kamera tasvirni tiniq va aniqroq chiqarib beryapti, bunda nimadan foydalangani qanchalik ahamiyatga ega, deyishingiz mumkin.

Keling, dunyo boʻylab “Samsung olgan Oy tasvirlari “soxta”, mazmunidagi shov-shuvlarga oydinlik kiritamiz.

“Raqamli kameralar, Photoshop, Instagram filtrlari va boshqalarga moslashganimiz sababli fotosuratni qalbakilashtirish haqidagi tushunchalarimiz oʻtmishdagiga nisbatan anchayin oʻzgardi”, — deb yozdi The Verge nashri mavzuga izoh berarkan.

u/ibreakphotos nomli Reddit foydalanuvchisi tomonidan Samsung telefonlarini sodda usulda test qilib koʻrdi. Ular ataydan oyning xiralashgan suratini yaratdilar, uni kompyuter ekranida namoyish qildilar va keyin Samsung S23 Ultra yordamida tasvirni suratga oldilar.

Quyida koʻrib turganingizdek, ekrandagi birinchi rasmda hech qanday tafsilot koʻrsatilmagan, ammo natijada olingan tasvirda Oyning tiniq va aniq “rasmi” koʻrishingiz mumkin. S23 Ultra aslida boʻlmagan tasvirni taqdim qilgan, aniqroq qilib aytsak, kamera yoʻnaltirilgan Oy bilan kamera goʻyoki rasmga oldim deb bergan Oy tasviri mutlaqo boshqa-boshqa “Oylar”. 

Samsung kamerasi mavjud kamera olishi kerak boʻlgan kadrdagi piksellarni masshtablashtirish va aniqlikni oshirish oʻrniga mutlaqo boshqa Oyni tasvirini berib qoʻyaqolgan. 

Bu Oy — soxta va kameraning bunday tasvir uzatishi esa, koʻzboʻyamachilikdan boshqa narsa emas.

Bu test qilib solishtirilgan xira Oy tasviri:

Bu esa “kosmik zum”da olingan Oy bilan solishtirganda:

Mavzu avvalida eslab oʻtganimizdek, bu tortishuv yaqinda paydo boʻlgani yoʻq — 2020-yilda kompaniya S20 Ultraʼda 100x “Kosmik zum” funksiyasini joriy qilganidan beri odamlar Samsungning Oyni rasmga olish qobiliyati haqida bahslashib kelishmoqda. Baʼzilar kompaniyani oʻzlarining fotosuratlarini yaratish uchun oldindan saqlangan teksturalarni oddiygina oy tasvirlariga nusxalash va joylashtirishda ayblashgan, biroq Samsungning aytishicha, bu jarayon ancha murakkab.

2021-yilda Input Mag Galaxy S21 Ultra tomonidan olingan “oyning soxta tiniq fotosuratlari” haqida maqola chop etdi. Unda Samsung jurnalistlarga “tasvirga olishda hech qanday effekt yoki qoʻshimcha, tayyor teksturalar qoʻllanilmasligini”, biroq sunʼiy intellektdan foydalanishini va “kelgusida xiralik va “grain” yanada kamaytirilgan” koʻrinishini taqdim etishi haqida aytgandi.

Keyinchalik kompaniya: “Biz tasvirdagi xiralikni (размытие) va “grain”ni samarali olib tashlash va oyning yorqin, aniq tasvirini yaratish uchun kadrdagi detallarni maksimal darajada tiniqlashtirishda detallarni yaxshilash xususiyatidan foydalanamiz”, — deb aytdi. 

Xoʻsh, bu bilan kompaniya nima demoqchi? Sunʼiy intellekt shunda qoʻshimcha tiniqlik uchun xizmat qiladimi yoki yuqoridagi test natijasini tasdiqlab umuman boshqa tiniqroq rasmni generatsiya qilib beradimi? Bu hozircha 100% isbotini topmagan fikrlar xolos.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04