Yangi iPhone 16 seriyasi haqida barcha texnik xususiyatlari e'lon bo‘lishidan oldin internetga chiqib ketdi!

iPhone 16 taqdimoti 10-sentabr, seshanba kuni o‘tkaziladi

Apple Hub ma'lumotlari
Apple Hub ma'lumotlari

Apple Hub, X (twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bir milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan sahifasida, iPhone 16 seriyasining barcha smartfonlarining texnik xususiyatlarini e'lon qildi.

Foydalanuvchilar orasida asosiy tushkunlikka sabab bo'lgan narsa shuki, agar ushbu ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, iPhone 16 va iPhone 16 Plus modellari hali ham eskirgan 60 Gts yangilanish chastotasiga ega ekranlar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

120 Gts yangilanish chastotasiga ega ekranlar faqat iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellariga mo‘ljallangan bo‘lib, bu modellarning ekranlari o‘lchamlari avvalgilarga qaraganda kattaroq bo‘ladi.

iPhone 16 va iPhone 16 Plus modellarining kameralari 12-megapikselli bo'lib qolmoqda, lekin ular 2 baravar optik zum imkoniyatiga ega. Katta modellar esa, ya'ni iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max 48-megapikselli kameralar bilan ta'minlanadi va bu kameralar 5 baravar optik zum qobiliyatiga ega.

Standart modelning batareyasi kichikligi sabab foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilinmoqda. Biroq, iPhone 16 Pro Max modeli ushbu ma'lumotlarga ko‘ra, batareyasi uzoq vaqtgacha ishlashi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26