Elektr-samokatlar va elektron skuterlar: afzalligi, kamchiligi va narxlari

Yurtimiz bo‘ylab, xususan, Toshkent shahrida elektron skuter va samokatlardan foydalanuvchilar ko‘payib bormoqda. Har qanday transport vositasi singari, elektr-samokatlar va elektr skuterlar ham oʻzlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Quyida bu haqida batafsil.

Elektr-samokatlar

Yaxshi tomoni:

  • Ixcham va olib yurishga qulay — samokatlarni yigʻish oson, ularni saqlash va tashish qulay.
  • Tejamkorlik — elektr-samokatni zaryadlash koʻp vaqt talab qilmaydi va elektr rozetkasi mavjud boʻlgan har qanday joyda quvvatlantirish mumkin.
  • Hamyonbop — elektr-samokatlar elektr skuterlarga qaraganda arzonroq.

Kamchiliklari:

  • Cheklangan masofa — elektr-samokatlar odatda elektr skuterlarga nisbatan qisqaroq manzillar uchun moʻljallangan;
  • Past tezlik — elektr skuterning maksimal tezligi odatda 25 km/soat atrofida boʻladi, bu baʼzi foydalanuvchilar uchun yetarli boʻlmasligi mumkin;
  • Yoʻllarga chidamlilik darajasi — elektr-samokatlar yomon va chuqur yoʻllarga chidamli boʻlmaydi.
Qiziqarli ma’lumot: O‘zbekistonda birinchi onlayn kicksharing xizmati Toshkentda 2022-yil aprel oyida ishga tushirilgan edi.

Narxlari:

O‘spirinlar va kattalar uchun samokatlar 600-800 ming so‘mdan, brend samokatlar 7-8 mln so‘mdan boshlansa, bolalar uchun modellar 200 ming so‘mdan narxlanadi. Shuningdek, ayni paytda Toshkent shahri bo‘ylab yo‘llarda elektron samokatlarni uchratish mumkin — ulardagi QR kodlarni skanerlash orqali ilovani yuklash va ma’lum vaqt uchun to‘lov qilib foydalansa bo‘ladi. Hisobda mablag‘ tugaganda, yoki samokatdan foydalanib bo‘lgach uni yo‘l chetida qoldirib ketishingiz mumkin.

  • A38 PowerGym —836 900 so‘m (Asaxiy)
  • Xiaomi Mi Electric Scooter — 9 mln 146 ming so‘m (Uzum)
<div><br></div>

  • Bolalar uchun Pilsan Power Scooter 07354 samokati — 740 ming so‘m (Uzum)

Elektron skuterlar afzalliklari:

  • Uzoqroq masofa — elektr skuterlar elektr-samokatlarga nisbatan bir marta quvvatlanganda koʻproq masofani bosib oʻta oladi.
  • Yuqori tezlik — elektr skuterning maksimal tezligi 50 km/soat va undan ham koʻproqqa yetishi mumkin, bu uzoq masofalar uchun qulay.
  • Yoʻllarga chidamli — elektr skuterlar odatda kengroq balon va kuchliroq osma tizimga (подвеска) ega boʻlib, yoʻllarga ancha chidamli.
Skuter/Midjourney
Skuter/Midjourney

Kamchiliklari:

  • Ogʻirlik va oʻlchamlar — elektr skuterlar hajmi odatda elektr-samokatlarga qaraganda kattaroq va ogʻirroq boʻladi.
  • Narxi — elektr skuterlar nisbatan qimmatroq.
  • Zaryadlash koʻproq vaqt olishi mumkin — dvigatel quvvati va kattaroq akkumulyatori tufayli elektr skuterni zaryad qilish uchun nisbatan koʻproq vaqt talab qiladi.
Qiziqarli ma’lumot: Daniyada 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron skuterlardan foydalanganda kaskadan foydalanish majburiy etib belgilangan. Singapur, Janubiy Koreya, Florida (AQSh) hamda Kiprda esa 16 yoshdam kichik yoshdagi bolalarga elektron skuterlardan foydalanish taqiqlangan.

Narxlari:

Umuman olganda, skuterlar benzin bilan yuradigan yoki elektron bo‘lishi mumkin. Quyida elektronlarining narxlari bilan tanishib chiqamiz. Yaxshi elektron skuterlar narxi o‘rtacha 400-500$ dan boshlanadi. 200-300$ ga ham ishlatilgan (kam hollarda yangi) variantlarni topsa bo‘ladi, shuningdek, bo‘lib to‘lash yoki ijaraga xarid qilish ham mumkin.

  • Elektron skuter — 3 mln 900 ming so‘m (OLX)
  • Citycoco X-60 — 15 mln 825 ming so‘m (Zoodmall)
  • Mi Electric Scooter Pro 2 — 7 mln 949 ming so‘m (Uzum)
  • Elektron skuter 2210 — 5 mln 125 ming so‘m (Zoodmall)

Shuningdek, OLX’da 1 mln so‘mdan 16-17 mln so‘mgacha bo‘lgan turli modeldagi skuterlarni ko‘rish mumkin. Ular orasida yangilari va foydalanilganlari ham bor.

Xulosa qilib aytganda…

Agar siz ixchamroq va yengilroq transport istasangiz, u holda elektrosamokat eng yaxshi tanlov boʻlishi mumkin. Elektr samokatlar odatda ixchamroq dizaynga ega boʻlib, gavjum shahar koʻchalarida va qisqa masofalarda harakatlanish uchun qulay. Bundan tashqari, ular zaryadlash uchun kamroq vaqt talab etadi.

Lekin uzoqroqdagi maktabga borish yoki qoʻshni mahalladagi qarindoshlaringizni yoʻqlash uchun kerak boʻlsa, u holda elektron skuterlar yaxshi variant boʻlishi mumkin. Albatta, qay birini xarid qilishingizdan qatʼi nazar, uni texnik kamchiliklarsiz ekanligiga ishonch hosil qiling va yoʻl qoidalariga rioya qiling. Har qanday holatda ham oʻz ehtiyojlaringiz va byudjetingizni hisobga olishingiz kerak.

Avvalroq Giglink.uz yomgʻir va qorda elektr-samokatda yurish qanchalik xavfsiz yoki xavfli bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot bergan edi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Windowsda Copilot orqali Android-smartfonlarni boshqarish imkoniyati paydo boʻldi
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun qurilma kompyuter bilan sinxronizatsiya qilinishi kerak.
Texnologiya
04 iyul, 16:25
Samsung Galaxy S25+ flagman modelidan voz kechdi: nega va qanday o‘zgartirishlar kutilyapti?
Bu qaror xaridorlarni qimmatroq Ultra modelini sotib olishga undash uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Smartfon
04 iyul, 12:30
Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20