Xiaomi’ning “qora fabrikasi” ishga tushdi: u kuniga 24 soat odamlarsiz ishlay oladi va soniyasiga 1 ta smartfon ishlab chiqaradi.

Bu zavodda Xiaomi MIX Fold 4 va Xiaomi MIX Flip yigʻiladi.

Xiaomi kompaniyasining bosh direktori Lei Jun'ning aytishicha, Pekin shahridagi Changpingda joylashgan yangi avlod smartfonlar ishlab chiqarish zavodi allaqachon ish boshlagan.

Lei Jun'ning aytishicha, yangi zavod, odamsiz va toʻxtovsiz - kuniga 24 soat ishlashga qodir "qora fabrika" sifatida ishlaydi. Bu zavodning mashinalari oʻzaro aloqada boʻlib, bir-birlari bilan ma'lumot almashishi mumkin. Shuningdek, zavod mikron darajasida chang zarralarini mustaqil ravishda tozalash tizimiga ega, bu esa doimiy ravishda toza ish muhitini ta'minlaydi.

Zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati Xiaomi tomonidan oʻzi yaratgan aqlli mashinalar yordamida nazorat qilinadi. Bu mashinalar mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlash uchun maxsus dasturlash orqali ishlaydi. Ta'kidlash joizki, zavod har soniyada bitta smartfon ishlab chiqara oladigan quvvatga ega. Xiaomi ushbu zavodni kompaniyaning kelajakdagi rivojlanishidagi kichik, ammo muhim qadam sifatida ta'rifladi.

Xiaomi yangi ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun 330 million dollar miqdorida sarmoya kiritdi. Changpingda joylashgan yangi zavod 81 000 kvadrat metr maydonda joylashgan va u yiliga 10 million dona flagman smartfon ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ushbu zavod "milliy aqlli ishlab chiqarish etalon korxonasi" sifatida tan olingan boʻlib, bu uning yuqori texnologik va samarali ishlab chiqarish standartlarini belgilaydi. Zavod asosan kelajakdagi Xiaomi MIX Fold 4 va Xiaomi MIX Flip buklanuvchi telefonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Zavodda 11 ta mobil telefon ishlab chiqarish liniyasi va avtomobil elektron qismlarini ishlab chiqarish liniyalari oʻrnatilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07