Nega Stiv Jobs farzandlariga iPhone va iPadʼlardan foydalanishni taqiqlagan?
Stiv Jobs Apple kompaniyasini boshqarib turgan paytlari oʻz farzandlariga iPadda uzoq vaqt ishlashni taqiqlagan va ularning internetda oʻtirish vaqtini cheklab qoʻygan.
“Farzandlarim bu qurilmalardan foydalanmaydi. Biz bolalarning uyda yangi texnologiyalarga sarflaydigan vaqtini cheklab qo‘yganmiz”, — degan Jobs bu haqida.
Jobslar oilasida hatto tunda va dam olish kunlarida gadjetlardan foydalanish taqiqlangan ekan.
Misol uchun, Stiv Jobs har doim kechki ovqatni farzandlari bilan oʻtkazishni odat qilgan va bunday paytda oʻzaro kitoblar, tarix, taraqqiyot, hatto siyosat haqida suhbatlashishgan. Jobsning oʻzi juda qiziqarli shaxs boʻlgan va maʼlum boʻlishicha, farzandlarining otasi bilan suhbat qurishi zamonaviy gadjetlardan koʻra maroqliroq edi. Biroq, shu bilan birga, farzandlarining hech biri otasi bilan suhbat chogʻida iPhoneʼga qarashi mumkin boʻlmagan. Natijada uning farzandlari internetdan mustaqil ulgʻayishdi.
Stiv bunday taqiqni odamlar bilan muloqotni buzadigan texnologiyaga qaramlik xavfi bilan izohladi. Chunki har qanday maqsadda haqiqiy natijalarga oʻzaro jonli muloqot orqali erishiladi.
Ma’lumot uchun, Apple asoschisi Stiv Jobs haqida ilk realistik kitob tayyorlanmoqda.