iPhoneʼni MacBook Pro zaryadlash moslamasi orqali quvvatlantirish qanchalik xavfsiz?

iPhone (yoki iPad) tez zaryadlash uchun odatda Apple 20 Vt quvvatga ega zaryadlash moslamalari tavsiya etiladi. Ammo MacBook Pro yoki MacBook Airʼniki kabi qurilmalarning bir necha barobar kuchli boʻlgan zaryadlash moslamasini iPhoneʼga ham ishlatish qanchalik foydali? Bunday kuchli zaryadlash moslamalari yoki Appleʼniki boʻlmagan quvvatlantiruvchilar telefon batareyasini tezda ishdan chiqarib qoʻymaydimi? Quyida bu savolning javobini topamiz.

Tez zaryadlash 30 daqiqada batareyaning 50% gacha zaryadlanishini taʼminlaydi. Yangi USB-C — Lightning kabeli va Appleʼning 20 Vt quvvatga ega zaryadlovchi qurilmasi 40 dollar turadi. Uchinchi tomon variantlari arzonroq, ammo arzon beillat boʻlmas, degan hikmatli soʻz bu yerda oʻrinlimi?

Yaxshi tarafi shundaki, zamonaviy iPhone va iPadʼlar barcha MacBook USB-C zaryadlovchi qurilmalari, hatto 140 Vt quvvatga ega modellar bilan ham ishlaydi.

Bu gʻalati tuyulishi mumkin, biroq kuchliroq Apple USB-C zaryadlash qurilmalaridan foydalanish xavfsiz, chunki iPhone yoki iPad quvvat olinayotgan moslamani emas, balki qabul qilinayotgan quvvatni aniqlaydi. Apple barcha turdagi USB-C quvvat adapterlarini sinovdan oʻtkazadi.

Shuni hisobga olish kerakki, batareyaning necha foiz ekanligini uning sarflanish vaqtini ham anglatadi: qancha koʻp boʻlsa, shuncha uzoq vaqtga yetadi. Misol uchun, 10% quvvatdagi batareya 80% batareyaga qaraganda koʻproq quvvat sarflaydi.

MacBook zaryadlash qurilmasi bilan iPhone/iPadʼni tez zaryadlash mumkinmi?

Apple quyidagi iOS qurilmalari 18 Vt, 20 Vt, 29 Vt, 30 Vt, 61 Vt, 87 Vt, 96 Vt va 140 Vt tez zaryadlovchi adapterlari bilan mos kelishini maʼlum qiladi:

  • iPhone 8/8 Plus va undan yangiroq
  • iPad Pro 12,9 dyuymli (1-avlod va keyingi)
  • iPad Pro 11 dyuymli (1-avlod va keyingi)
  • iPad Pro 10,5 dyuym
  • iPad Air 3-avlod va undan keyingi versiyalar
  • iPad mini 5-avlod va undan keyingi versiyalar
Qisqa qilib aytganda, 18-140 Vt gacha boʻlgan zaryadlash moslamalarini mazkur sanalgan smartfon va iPadʼlar uchun ishlatishingiz mutlaqo bezarar.

Shuningdek, siz Anker Powerline seriyali “USB quvvat yetkazib berishni (USB-PD) qoʻllab-quvvatlaydigan Apple boʻlmagan USB-C quvvat adapteridan” ham foydalanishingiz mumkin.

iPhone 13 va 14 Pro Max 27 Vtgacha quvvat olishi mumkinligi sababli, 30 Vt yoki undan yuqori quvvat adapterlaridan foydalanish orqali uni eng tez zaryadlashingiz mumkin.

Avvalroq firibgarlar qanday qilib iPhoneʼningizni qo‘lga kiritishi yo‘llari haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04