Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ilk elektromobil sotuvga chiqarildi

Chazor modeli Corollaʼdan bir oz kattaroq, narxi esa premium Vesta modellari bilan bir xil boʻlsada, unga nisbatan yaxshiroq jihozlangan.

Bahor oylarida taqdim etilishi rejalashtirilayotgan BYD kompaniyasining Chazor sedanlari nihoyat sotuvga chiqdi (Xitoydagi nomi Destroyer 05). Mashina mahalliy BYD Uzbekistan Factory zavodi tomonidan shu yerda yigʻilgan.

Sedanning elektr motori 197 ot kuchiga ega. Gabaritlari 4780x1837x1495 mm. Gʻildirak bazasi uzunligi 2718 mm. Saloni ham ancha keng.

Mashinani gibrid rejimga ham sozlasa boʻladi. Shu bilan birga, plaginli gibrid hisoblangan Chazor juda tejamkor avtomobil boʻlib, 100 kilometrga 3,8 litr yonilgʻi sarflaydi. Sof elektr energiyasida yurishi 55-120 km.

Xitoyning BYD kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini 2022-yilda boshlagan va UzAuto Motors bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan
Xitoyning BYD kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini 2022-yilda boshlagan va UzAuto Motors bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan

Narxi va qayerdan xarid qilish mumkin?

Ayni paytda Oʻzbekistonda atigi uchta BYD DK faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning barchasi Toshkent shahrida joylashgan. Shu bilan birga, bozorlarda BYD Chazor modeli rasmiy narx-navodan qimmatroq sotilishi ham mumkin. Baʼzi manbalarga koʻra, Flagship toʻliq komplektatsiyasi uchun 341,660 million soʻm soʻralmoqda ekan.

Rasman narxi esa, taxminan 277 million soʻm atrofida boʻladi (Tracker bilan deyarli bir xil).

Oldinroq Giglink.uz Oʻzbekistonda Exeed avtomobil zavodi bahor oylariga kelib ochilishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26