Tadqiqot: 5-10 yil ichida qattiq disklar oʻrnini DNK mikrokapsulalari egallaydi

Eindhoven University olimlarining xulosalariga koʻra, ma’lumotlarni saqlashda DNK mikrokapsulalari anʼanaviy qattiq disklardan yaxshiroq.

Tadqiqotchilar guruhi sintetik DNKda maʼlumotlarni saqlashning yangi texnikasini ishlab chiqdi va bu dunyodagi birinchi DNK maʼlumotlar markazini yaratishga zamin yaratadi. Maʼlumotlar DNK, AT va CG ni tashkil etuvchi asosiy toʻplamlar sifatida saqlanadi.

Kapsulalardan iborat katta maydonlar maʼlumotlarni saqlash uchun ishlatiladi, ularning har biri fayl bilan qoplangan boʻladi. Kapsulani olish, tarkibini oʻqish va qayta joyiga qoʻyish uchun maxsus robot qo‘llardan foydalaniladi.

Jamoa oqsillar va polimerlardan iborat mikrokapsulalar ishlab chiqdi va har bir kapsulaga bitta faylni biriktirdi. Kapsulalar bir vaqtning oʻzida bir nechta fayllarni minimal xatolar bilan oʻqiy oladigan “termal cheklangan PCR” deb nomlangan yangi PCR jarayonidan foydalanishga imkon beruvchi termal xususiyatlarga ega.

Hozirda bunday texnologiya faqatgina arxiv maʼlumotlarni saqlash uchun mos kelsada, biroq anʼanaviy maʼlumotlarni saqlash usullariga qaraganda juda koʻp afzalliklarga ega. Maʼlumotlar ancha ixchamroq saqlanishi mumkin va ancha uzoqroq muddatga yetadi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya kelgusida juda katta maydonlar va energiya talab qiladigan maʼlumotlar markazlari oʻrnini egallaydi. Olimlarning fikricha, bunday maʼlumotlar markazlarining toʻliq joriy etilishiga hali 5-10 yil bor.

Avvalroq Texas universiteti olimlari tadqiqoti natijasida GPT sunʼiy intellekti inson fikrini 82% aniqlik bilan oʻqishi aniqlangan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56