Haydovchisiz boshqariladigan mashina va politsiyachi oʻrtasida kulgili toʻqnashuv sodir boʻldi

TikTokʼda 15,7 million marta koʻrilgan videoda avtopilot rejimida boshqariladigan Waymo avtomobili va uni yoʻlni chetiga olib chiqishga behuda urinayotgan politsiyachi toʻqnashuvi koʻrsatilgan.

Bu paytda mashinada boʻlgan yoʻlovchining esa nima qilishini bilmay, politsiya xodimiga avtomobilni hech kimni boshqarmayotganini tushuntirishga uringani va bir vaqtning oʻzida noodatiy holatdan kulayotganini koʻrish mumkin:

Videoda TikTok foydalanuvchisi @johnnyromano3 “Janob, biz harakatlana olmaymiz”, deganini eshitish mumkin. “Kechirasiz. Bu mashina harakatlanishimizga ruxsat bermaydi. Biz yura olmaymiz.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 16-aprel kuni Arizona shtatining Feniks shahrida boʻlib oʻtgan parad vaqtida sodir boʻlgan.

Parad va politsiyachi bilan toʻqnash kelgan Romano blokni aylanib oʻtishga harakat qilgan. Ammo bu aylanma yoʻl uni parad oldiga  oborib qoʻydi va boshqa politsiyachi bilan yuzma-yuz olib keldi.

Politsiya xodimi boshqa mashinaga yoʻl berishni buyurganida, oʻzi boshqariladigan mashina qisqa vaqt toʻxtab qoldi.

Waymo maʼlumotlariga koʻra, mashina yon tomonga burilgan va politsiya xodimi bilan toʻqnashuvdan 90 soniya oʻtib oʻrnatilgan toʻsiqdan muvaffaqiyatli chiqib ketgan.

Ma’lumot uchun avtopilot mashinalari birinchi marta 2018-yilda Feniks markazida taksi xizmati sifatida ishga tushirilgan. Odamlar ilovadan oʻzi boshqariladigan mashinani chaqirish va uni shahar ichidagi manzilga olib borish uchun foydalanishi mumkin.

Avvalroq Giglink.uz yangi BMW M2 buyurtma qilgan mijozga yetib bormasidan oldin halokatga uchragani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Bu Xiaomining birinchi krossoveri va u Ferrari Purosanguega juda o'xshaydi: Xiaomi YU7ning jonli suratlar va videolari
Xiaomi o'zining birinchi krossoverini taqdim etishi bilan ko‘pchilikni hayratga soldi. Avtomobil ilk bor hech qanday niqob yoki yashirish vositalarisiz suratga olindi.
Avto
11:47
Xiaomi 15 Ultra kompaniyaning flagmanlari orasida eng katta batareyaga ega bo‘ladi!
Xitoy ommaviy axborot vositalarinung ma'lumotiga ko‘ra, ushbu model 2025-yil fevral oyida sotuvga chiqarilishi mumkin.
Smartfon
15 dekabr, 21:48
iPhone 16 Pro Max va Samsung S24 Ultra solishtirildi: Qaysi biri yaxshiroq?
GSMarena portali 2024-yilning eng kuchli smartfonlarini batafsil taqqosladi. Ikkala qurilma ham o'zining ustun jihatlari bilan ajralib turadi. Keling, ularni batafsil ko'rib chiqamiz.
Smartfon
12 dekabr, 09:55
2024-yilning eng kuchli kameraga ega smartfonlari
Ekspertlar asosiy flagman smartfonlar va ularning fotoimkoniyatlarini taqqosladilar.
Smartfon
12 dekabr, 09:33