Oʻzbekistonda eng qimmat Chevrolet Gentra sotildi

Qayta ta’mirlangan Chevrolet Gentra zavoddan yangi chiqqan modellardan ham qimmatroq narxda sotildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik avtobloger Ikromov Ibrohim bugungi kunda Oʻzbekistonda eng qimmat, qayta jihozlangan Chevrolet Gentra avtomobili sotilgani haqida xabar berdi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, ushbu mashina interyeri jihatidan butunlay tyuning qilingan, toʻligʻicha zamonaviy uslubda qayta jihozlangan. Mashinada zavodda oʻrnatilgan qismlardan deyarli hech narsa qolmagan. Asosan Malibu va Mercedes-Benz ehtiyot qismlariga almashtirilgan.

Mashinaning narxi 27 500 dollar boʻlib, bugungi kunda bu mamlakatda sotilgan eng qimmat Chevrolet Gentra boʻlib qolmoqda.

Avvalroq boshqa bir yurtdoshimiz deyarli yangi Tico mashinasini Tracker va Captiva narxida sotuvga qo‘ygan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04