Nega Ilon Maskning otasi oʻgʻlining Tesla sovgʻa qilishini istamagan?

Ilon Maskning otasi Tesla haydamaydi va yaqin yillarda ham mazkur avtomobilni minishni rejalashtirmas ekan.

2022-yilning yanvarida Ilon Mask otasi Errol Maskga Tesla avtomobilini Janubiy Afrikadagi uyiga hadya sifatida yubormoqchi boʻlganida otasidan rad javobini olgan.

Gap shundaki, yuborilgan mashinani qabul qilish uchun bojxona toʻlovlarini toʻlab qabul qilib olish kerak edi. Errolning soʻzlariga koʻra, mashinaning narxi bilan hisoblaganda, yetkazib berish va bojxona yigʻimlari taxminan 180 ming dollardan sal koʻproqni tashkil qilgan.

Men “Toʻxtanglar, mashina bunga arzimaydi”, dedim”, — deydi Errol.

Ajablanarlisi shundaki, Ilon xarajat haqida qaygʻurmagan: 180 000 dollar oʻsha paytda Ilonning 278 milliard dollarlik sof boyligining 0,00006 foizini tashkil etgan.

Mashinani qabul qilishni istamasligiga, shuningdek, boshqa sabablar ham boʻlgan:

“Bu yerda xizmat koʻrsatish markazi yoʻq. Tesla vakolatxonasi ham yoʻq”, — deya qoʻshimcha qildi Errol oʻgʻlining taklifini nega rad etganini tushuntirib. “Zaryadlash stansiyalari yoʻq. Shu sababli qatʼiyan rad qildim”.

A1 Auto Transport kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, AQShdan Janubiy Afrikaga avtomobilni joʻnatish 3300 dan 7000 dollargacha turadi. Janubiy Afrika avtomobil importiga 25% boj joriy qilingan.

Errol oʻgʻli unga qaysi modelni joʻnatmoqchi ekanligini bilmasligini aytgan boʻlsa-da, Teslaning oʻsha paytdagi eng qimmat avtomobillari, masalan, Model S Plaidʼning narxi 100 ming dollardan oshardi.

Tesla oʻzining elektromobillarini Yevropa va Xitoyda sotishni boshlagan boʻlsa-da, avtomobillar hozircha Janubiy Afrikada sotilmaydi. Ammo hozirda mintaqa boʻylab 1500 ga yaqin elektr transport vositalari va 300 ta zaryadlash stansiyalari mavjud.

Yaʼni vaziyat aslida ota Mask bahona qilganidan ancha yaxshi. Lekin Errol unda Teslaga ehtiyoj yoʻqligi, shundoq ham Rolls-Royce va sport avtomobili borligini maʼlum qilgan. Bundan tashqari, u 1947-yilda ishlab chiqarilgan Ryan Navion samolyotiga ega.

“Menda hali Ilon va Kimbal goʻdakligida olingan Rolls-Royce bor. Rolls-Royce haydash menga koʻproq yoqadi”.“Agar men AQShda yashaganimda, shubhasiz, Tesla haydagan boʻlardim”, dedi Errol Mask. 

Ilon otasi bilan yillar davomida yomon munosabatda boʻlgan.

Ammo buni Errol inkor qilib keladi.

“Otam men bilan qanday munosabatda boʻlsa, oʻgʻillarim bilan ham xuddi shunday munosabatdaman”, dedi Errol. “Boshqacha qilib aytganda, biz erkaklarmiz, bir-birimiz bilan kam muloqot qilamiz. Ular mening bolalarim. Men ularning otasiman. Oʻrtogʻi emasman”.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04