Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi

Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.

Qisqacha Ilon Mask haqida:

• Ilon Mask dunyodagi eng boy odam boʻlib, uning boyligi 245 milliard dollarni tashkil qiladi.

• 2020-yil boshida Mask “deyarli barcha jismoniy aktivlarini sotishga” qaror qildi.

• Tesla va SpaceX bosh direktori shundan soʻng oʻzining barcha qasrlarini sotib, Texasning Boka Chika shahridagi 50 000 dollarlik ijara uyiga koʻchib oʻtdi.

Ilon Mask — dunyodagi eng boy odamligi haqiqat, garchi uning daromadi va obroʻyi oxirgi vaqtlarda katta zarbaga uchragan boʻlsada, boyligi hamon 245 milliard dollar atrofida boʻlib qolmoqda.

2020-yil boshida Ilon Mask “deyarli barcha mulklarini sotishga” qaror qilgandi:

Buning oʻrniga u bor eʼtiborini elektr transport vositalari ishlab chiqarishga, raketalar qurishga va boshqa bizneslarini yuritishga qaratdi.

Tesla va SpaceX bosh direktorining 50 000 dollarlik ijara uyi Boka Chikada (Texas) joylashgan boʻlib, unda SpaceXʼning ishlab chiqish va sinov maydonchasi joylashgan.

“Mask oʻzining beshta hashamatli uyini sotishga va asosiy rezidensiyasini Texasning Boka Chika shahridagi ikki xonali spartan uyiga aylantirishga qaror qildi. Maskning yangi uyiga borganimda, u yogʻoch stolda telefon orqali suhbatlashib oʻtirgandi”, tasvirlagandi Ayzekson milliarderning uyini.

Ayzekson koʻrsatgan suratda oddiy ochiq oshxona va Mask yashaydigan xonaning bir qismi tasvirlangan.

Albatta, bu tasvir milliarderning biz tasavvur qilgan yashash tarzidan mutlaqo farq qiladi:

Oshxonada katta erkaklar koʻylagi ovqatlanadigan stullardan biriga osilgan, yashash xonasida esa yogʻoch kofe stolida bir nechta narsalar koʻrinib turadi, ular orasida qora va kumush rangli raketa haykalini koʻrish mumkin.

Ilon Mask ilk bor Boka-Chikadagi uyini 2021-yil iyun oyida namoyish qilgandi.

Maʼlumotlarga koʻra, kichkina uy tezkor modulli uylar ishlab chiqaruvchi Boxabl startapi tomonidan qurilgan.

Kompaniya studiya kvartiralariga oʻxshab qurilgan “Boxable Casitas” deb nomlangan 20x20 futli buklama uylarni ishlab chiqaradi.

2021-yil noyabr oyida kompaniya YouTube videosida Boka Chikadagi “yuqori darajadagi” va “oʻta maxfiy” mijoz uchun Casita qurganini eʼlon qilgandi. Ha, albatta, siz ham kompaniya Ilon Maskni nazarda tutgan deb oʻylayotganingiz aniq. Chunki, videoda koʻrsatilgan uy eshigida SpaceX Falcon 9 raketasining plakati bor edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Hyundai Santa Fe, Tucson, Palisade, Elantra va sonata endi Oʻzbekistonda ishlab chiqiladi
Yil oxirigacha korpuslarni yigʻish va boʻyash jarayonlari ham yoʻlga qoʻyiladi
Avto
25 iyul, 21:16
Telegram 950 million foydalanuvchiga yetdi, tez orada dasturlar doʻkoni ochiladi
Kompaniya joriy yilda 1 milliard foydalanuvchiga yetishni maqsad qilmoqda
Texnologiya
23 iyul, 13:31
Xiaomi Smart Band 9 yangi fitness brasletini taqdim etdi: narxi 50$ dan arzon
Endi bir marta zaryad qilgandan keyin 21 kungacha foydalanish mumkin
Texnologiya
20 iyul, 18:04
Xiaomi 14 Ultra haqida: 2024 yilning eng yaxshi telefonlari orasida
Xiaomi 14 Ultra — bu kompaniyaning bugungi kunda taklif etayotgan eng zamonaviy smartfonidir.
Smartfon
20 iyul, 12:55