Google akkauntingizga boshqalar kirib olmaganini qanday aniqlash mumkin?

Google akkaunt — bu telefondagi deyarli barcha maʼlumotlar: rasmlar, kontaktlar, login va parollar, manzilingiz, pochta va ilovalar, xabarlar va hokazo demakdir.

Kimgadir Google profilingiz login va parolini bersangiz, unga qoʻshib mazkur maʼlumotlar “eshigini ham ochib qoʻygan” boʻlasiz. Buning oldini olish uchun profilingizni himoyalanganlik darajasini va unga boshqalar kirganda qanday bilish yoʻllarini bilishingiz lozim.

Hisobingizga kirishga harakat qilindi

Siz foydalanuvchi nomi va parolingiz bilan istalgan qurilmadan Google hisobingizga kirishingiz mumkin. Shu bilan birga, Google profillarida ilgʻor himoya tizimi mavjud boʻlib, u qoʻshimcha sozlamalarsiz ham profilga har bir kirishni aniqlash imkonini beradi. Agar kimdir Google hisobingizga kirishga harakat qilinsa, siz smartfoningizda quyidagicha bildirishnomani koʻrasiz.

Agar bu siz boʻlmasangiz, “Kirishni rad etish” tugmasini bosing. Shuningdek, bunday bildirishnomalar sizning hisobingiz bilan bogʻlangan elektron pochtaga yuborilishi ham mumkin:

Google qurilmalaringiz

Agar siz tizimga kirishga urinish bildirishnomalarini eʼtiborsiz qoldirgan boʻlsangiz, Google profilingiz buzilganligini tekshirishning bir usuli bor. Buning uchun quyidagilarni bajaring:

  •   Telefon sozlamalarini oching.
  •   “Google” boʻlimiga oʻting.
  •   Hisobni boshqarish tugmasini bosing.
  •   “Xavfsizlik”ka oʻting.
  •   Qurilmalaringiz yonidagi “Barcha qurilmalarni boshqarish” tugmasini bosing.
  •   Sizga tegishli boʻlmagan qoʻshimcha qurilmalar roʻyxatini tekshiring.
  •   Agar bunday qurilma topilsa, ustiga bosing va “Chiqish” tugmasini bosing.

Shu orqali begona qurilmani profilingizdan chiqarib yuborasiz. Biroq, ushbu harakatlar smartfon va Google hisobingizni toʻliq himoya qilish uchun yetarli boʻlmaydi, shuning sababli, qoʻshimcha xavfsizlik choralari bilan tanishish uchun maqolani oxirigacha oʻqing.

Parol oʻzgartirildi

Google nafaqat kimdir sizning hisobingizga kirishga harakat qilganda, balki begonalar xavfsizlik sozlamalaringizni oʻzgartirganda ham bildirishnomalarni yuboradi. Bu parol, zaxira telefon raqami va elektron pochta, foydalanuvchi nomi yoki xavfsizlik savoli boʻlishi mumkin. Barcha holatlarda siz harakatni bloklashingiz mumkin boʻlgan bildirishnoma olasiz.

Google hisobiga kirib boʻlmadi…

Nihoyat, buzilgan Google hisobining eng aniq belgisi akkauntingizga kira olmaslikdir. Koʻpincha bu parolni oʻzgartirish tufayli sodir boʻladi. Shuning uchun, agar siz uni notoʻgʻri kiritsangiz, xavfsizlik tizimi qachon oʻzgartirilganligi haqida xabar beradi.

Agar siz parolni oʻzgartirmaganingizga toʻliq ishonchingiz komil boʻlsa, Google hisobini tiklash usullaridan foydalaning.

Google profili buzilganda koʻriladigan choralar

Google hisobi bilan bogʻliq shubhali harakatlarga duch kelganda, birinchi navbatda ularni oldini olish kerak. Yaʼni, agar siz boshqa qurilmadan tizimga kirishga urinish haqida bildirishnomani koʻrsangiz, harakat boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilganiga ishora qilib, avtorizatsiyani bloklang.

Shuningdek, Google hisobingiz sozlamalarida keraksiz qurilmalarni olib tashlashni unutmang. 

Asosiysi, koʻrsatmalarga amal qilgan holda Google parolingizni oʻzgartiring:

  •   Hisob sozlamalarini oching.
  •   “Xavfsizlik”dagi “Parol” boʻlimiga oʻting.
  •   Eski parolingizni kiriting va keyin yangisini yarating.
  •   Agar eski parol mos kelmasa, “Parolni unutdingizmi?” va qoʻshimcha koʻrsatmalarga amal qiling.

Ikki bosqichli autentifikatsiya qanday yoqiladi?

Google 2 bosqichli tekshiruv bu ishonchli xavfsizlik vositasi boʻlib, u hisobingizga kirishda nafaqat parolni taqdim etishni, balki smartfoningizga yuborilgan bir martalik kod orqali avtorizatsiyani tasdiqlashni ham talab qiladi. Ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish:

  •   Google hisobingiz sozlamalarini oching.
  •   “Xavfsizlik”da “2 bosqichli tekshiruv”ni oching.
  •   Hisobingizga kiring.
  • Telefon raqamini koʻrsating va kirishni tasdiqlash usulini tanlang (SMS yoki qoʻngʻiroq orqali).
  •   Oʻzgartirishlaringizni saqlang.

Xavfsizlikni kuchaytirish uchun “Xavfsizlik” boʻlimida soʻralgan barcha maʼlumotlarni taqdim eting: xavfsizlik savolini yarating va zaxira elektron pochta manzilini kiriting. Hisob sozlamalarida siz hisobingizni himoya qilish boʻyicha tavsiyalarni koʻrasiz. Google hisobingizga boshqalar kira olmasligi uchun ulardan foydalaning.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04