Matn yozish tezligini tekshirishning 6 ta oddiy yoʻli

Atigi bir daqiqa vaqtingizni sarflab klaviaturada qanchalik tez va aniq yozishingizni bilib oling.

Klaviatura donalariga qarab yozasizmi yoki yoʻqmi — bu muhim emas, muhimi — tez yozish deyarli har qanday kompyuter foydalanuvchisi uchun zarurdir. Samarali ishlash uchun harf terish tezligi daqiqasiga 200-250 belgi va undan yuqori boʻlishi kerak.

Tekshirish uchun xizmatlardan birini oching va testlarni ishlab koʻring. Qoidaga koʻra, siz A4 varaqning uchdan bir qismidagi matnni klaviaturada yozishingiz yoki ekrandagi soʻzlarni bir daqiqada terishingiz kerak. Oxirida siz bir daqiqada nechta belgi/soʻz yozishingiz tezligini, shuningdek, xatolaringiz foizini bilib olasiz.

1. Monkeytype

Koʻp sozlamalarga ega juda yaxshi test. Bunda tilni, test rejimini, ishlatiladigan soʻzlarning chastotasini, vaqtni, mavzularni, muqobil tartiblarni va boshqalarni tanlash mumkin. Test yakunida, Monkeytype tezlik grafigi, daqiqada soʻzlar va belgilar hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrsatadi. Shuningdek, butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar tezligi va jadvali mavjud.

2. Blindtyping

Tanlash uchun uchta rejim mavjud: “soʻzlar”, “vaqt” va “iqtiboslar”. Siz uchta qiyinchilik darajasidan birini va test muddatini belgilashingiz hamda tinish belgilarini yoqishingiz mumkin. Shu bilan birga, xatolarga yoʻl qoʻyilgan soʻzlarni toʻgʻri yozishni alohida mashq qilish ham mumkin.

3. 10Fastfingers

Koʻp tillarni, shu jumladan rus tilini ham tanlash mumkin. Tekshirish odatiy va murakkabroq rejimda amalga oshiriladi, davomiyligini sozlamalardan tanlash mumkin. Natija bir daqiqada nechta terilganiga qarab koʻrsatiladi. Roʻyxat orqali boshqa foydalanuvchilarga nisbatan qanchalik tez yozishingizni taqqoslashingiz ham mumkin.

4. Touch Typing Study

Birinchi rejimda siz qanchalik tez yozayotganingizni aniqlashingiz, ikkinchisida esa — qanchalik aniq: har bir tugma uchun notoʻgʻri bosishlar statistikasi koʻrsatiladi.

5. Nabiraem

Mashhur klaviatura trenajyori testi. Siz matnning bir qismini yozishingiz kerak, shundan soʻng xizmat daqiqasiga oʻrtacha va maksimal tezlikni, xatolar soni va foizini, shuningdek, sarflangan vaqtni koʻrsatadi.

6. RapidTyping

Minimalistik dizaynga ega yana bir oddiy test, test natijasida daqiqada kiritilgan soʻzlar va belgilar sonini, shuningdek kiritishning aniqligini koʻrsatadi. Matn sifatida klassik filmlardan olingan iboralar ishlatiladi. Sozlamalar fragment hajmini 100 dan 500 belgigacha oʻzgartirish va toʻqqizta variantdan birini tanlash imkonini beradi.

Avvalroq Giglink.uz internet tezligini tekshirish uchun manbalarni keltirib o‘tgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25