Pixar’ning yangi “Elementarno” multfilmi to‘liq treyleri chiqdi
Kino
29 mart, 16:42
“Elementarno” multfilmi Disneyni qutqarib qoladimi? Oilaviy ahillik, doʻstlik va insoniy qadriyatlar haqida bolalar tilida hikoya qiluvchi toʻliq metrajli “Elementarno” multfilmi treyleri rasman chiqdi. Olovli Ember va “sokin” Ueyd doʻstligi tasvirlangan multfilm premyerasi yozda taqdim qilinadi.

Yangi multfilmning qisqacha mazmuni quyidagicha: “Unsurlar shahrida olov, suv, yer va havo aholisi birga yashaydi. Kuchli va jahldor Ember nimjongina Ueyd bilan doʻstlashadi va bu doʻstlik uning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzgartirib yuboradi”. Bosh qahramonlarga Lea Lyuis va Mamudu Ati ovoz bergan.
“Elementarno” rejissyorlari tarkibi:
- Piter Son (“Yaxshi dinozavr”)
- Pit Dokter (“Men qizaryapman”, “Bazz Layter” va “Luka” multfilmlari rejissyori)
- Denis Reem (“Oʻyinchoqlar hikoyasi-4”, “Mashinalar-2”).
Animatsion filmning premyerasi joriy yilning 16-iyuniga belgilangan.
Disney hozirda yaqqol gʻoyalar inqirozini boshdan kechirmoqda: uning asosiy filmlari “dizlayklar” boʻyicha antirekord oʻrnatyapti, kompaniya striming platformasidagi seriallar bekor qilindi, ssenariy mualliflarini “Yulduzli urushlar” franshizasi va “Avatar-2” ham qutqarib qolmayapti — kompaniya ommaviy ishdan boʻshatishlar toʻxtagani yoʻq.
“Biz yangi yerga umid va orzular bilan borgan ko'plab oilalardan birimiz — biz barchamiz madaniyatlar, tillar va go'zal kichik mahallalardan iborat katta salat idishiga aralashib ketganmiz. Meni “Elementarno”ga olib borgan narsa ham shu”, - deydi multfilm qahramoni Mudroqvoy.
Ma’lumot uchun, mazkur oy yakunida Disney kompaniyasi “Piter Pen va Wendi” filmini namoyish qiladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle