Disneyning yangi roboti “qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqaradi” — bolalar roboti kattalarni qo‘rqitib yubordi

Bu robot Zootopia multifilmidagi yoqimtoy Judi Xopps quyonidan ilhomlanib ishlab chiqilgan. Uning oʻziga xos xususiyati shundaki, u salto oshadi va yiqilib tushsa, darhol o‘rnidan turadi.

neowin.net

Disney tashrif buyuruvchilarni ko‘proq jalb qilish va parklarida yangilik qilish maqsadida bolalar uchun robotlar ishlab chiqmoqda.

Disney istirohat bogʻlari prezidenti Josh D'Amaro va Disney Imagineers kompaniyasi 10-mart kuni parklarda sayr qilib yuradigan birinchi robot quyonni namoyish qildi.

Taqdimot davomida robot konkida turli xil tryuklarni bajarish, shuningdek, salto oshish, mustaqil o‘rnidan tura olish kab qobiliyatini namoyish etdi.

Robotning taqdimoti ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Kuzatuvchilarning aytishicha, yiqilgandan soʻng,  oʻzi turib harakatlanishda davom etayotgan robot ularga "qo'rqinchli" bo‘lib ko‘ringan. Shuningdek, Zootopia yoqimtoy qahramoni prototipi hisoblangan mazkur robot ko‘rinishi ham quvnoq va beg‘ubor Judi obrazidan anchayin yiroq, deyish mumkin. 

Giglink jamoasi esa, mazkur robotni Judidan ko‘ra ko‘proq “Halimi seni shoshmay tur” (“Ну, погоди”) multifilmidagi robot-quyonga o‘xshatdi. 

Disney kompaniyasi rejasiga ko‘ra, 2023-yilda Shanxaydagi Disneylendda “Zootopia” parki ochilishi kutilmoqda. Biroq yangi temir-quyon u yerda ishlaydimi yoki yoʻqmi, hozircha maʼlum emas.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47