YouTube Stories 26-iyundan boshlab ishlamaydi

YouTube 2017-yilda joriy qilgan Stories funksiyasi 26-iyun kuni butunlay olib tashlanadi. Mazkur sanagacha qo‘yilgan storizlar 7 kun o‘tib o‘chib ketadi.

YouTube storizni taqdim qilganidan so‘ng platforma bu xususiyatni yanada kengroq tarqatishni davom ettirdi va ko‘plab o‘zgartirishlar kiritdi.

So‘nggi bir necha yil ichida Snapchat storiz formatini ommalashtirganidan so‘ng, boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham undan foydalanishga kirishdi, ayniqsa Instagram bu borada yaqqol o‘zib ketdi. Biroq, LinkedIn va Twitter’da bo‘lgani kabi, YouTube ham bu xususiyatdan voz kechmoqda.

Haqiqatan ham, YouTube’ga na storizlar va na TikTok uslubidagi shortslar kerak emas. Buning isboti o‘laroq, YouTube, “post va storizlardan” foydalanadigan ijodkorlar orasida postlar storizlarga qaraganda oʻrtacha bir necha baravar koʻp sharh va “layk” oladi, deb ta’kidlagan.

Bungacha YouTube endi nofaol akkauntlardagi videolarni oʻchirmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35