OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda

OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.

Altmanning aytishicha, uning eng katta tashvishi – bu bolalarga texnologiya, xususan, qisqa videolar orqali berilayotgan kuchli dopamin stimullari va bu holatning ularning miyasi rivojiga salbiy ta’siri.

“Men bolalarning texnologiyaga erta kirishishidan xavotirdaman, ayniqsa, qisqa videolar orqali beriladigan doimiy dopamin oqimi ularning miyasi rivojlanishini chuqur o‘zgartirib yuborishi mumkin,” – dedi u.

U intervyu davomida yana bir muhim fikrni qo‘shimcha qildi: sun’iy intellektning o‘zi emas, balki unga moslashishda qiynalayotgan kattalar haqida ko‘proq xavotirda ekanini aytdi.

“Tarixga qarasangiz, har safar yangi texnologiya paydo bo‘lganida, aynan o‘sha davrda ulg‘ayayotgan yoshlar uni tezda o‘zlashtirgan. Qanday yangi kasblar paydo bo‘lmasin, ular moslasha oladi. Ammo 50 yoshdan keyin butunlay yangi uslubda ishlashga majbur bo‘lish – ancha qiyin jarayon,” – deydi Altman.

Biroq bu, sun’iy intellekt yoshlar uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi degani emas. AQShda o‘tkazilgan Federal rezerv bankidagi tadbirda Altman yoshlarning ChatGPTga haddan tashqari tayanayotganini tanqid qildi:

“ChatGPTning maslahatlari hatto tajribali inson mutaxassisidan yaxshiroq bo‘lishi mumkin, lekin hayotiy qarorlarni AI orqali qabul qilishga haddan tashqari suyanish xavfli va noxush jarayon,” – dedi u.

Shu o‘rinda, mutaxassislarning fikricha, Altman bu borada yolg‘iz emas. Nyu‑York universiteti professori Jonatan Xayt ham ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida gapirib, buni o‘zining “Tashvishli avlod” (“The Anxious Generation”) kitobida yoritgan. Uning aytishicha:

“Ijtimoiy tarmoqlar va smartfonlar yoshlarning e’tiborini susaytirib, psixologik holatiga katta zarar yetkazmoqda. Umumiy diqqatning parchalanishi, hatto, ruhiy salomatlik inqirozidan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin.”

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08