Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan

Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.

Firibgarlik sxemasi qanday ishlaydi?

Reklamalarni sotib olish – Firibgarlar Google Ads orqali reklamalarni sotib olib, ularni rasmiy kompaniya saytlariga (masalan, microsoft.com yoki apple.com) yo‘naltiradilar.

Maxfiy parametrlar qo‘shish – Reklama havolasiga yashirin kodlar qo‘shiladi, bu esa foydalanuvchi saytga kirganda sahifaga soxta telefon raqamini avtomatik ravishda joylashtirishga imkon beradi.

Qurbonlarni aldash – Foydalanuvchilar ko‘rinish jihatdan to‘g‘ri saytda ekanligiga ishonishadi va soxta raqamga qo‘ng‘iroq qilishadi.


 Kimlar xavf ostida?

Oddiy internet foydalanuvchilari – Ayniqsa, tezkor qidiruv natijalariga tayanadiganlar.

Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor odamlar – Brauzerda kichik shriftdagi URL parametrlarini ko‘rolmaydiganlar.

Texnik jihatdan kam bilimga ega bo'lgan foydalanuvchilar – URL manzillaridagi nozik farqlarni sezolmaydiganlar.

O‘zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

✅ Google reklamalariga e'tibor bermang – Doimo organik qidiruv natijalaridagi havolalardan foydalaning
 URL manzillarni diqqat bilan tekshiring – "?","&" kabi belgilar qatnashgan noaniq havolalarga ishonmang
 Rasmiy kontaktlarni mustaqil ravishda tekshiring – Kompaniyaning rasmiy saytiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, qo‘llab-quvvatlash bo‘limini toping

Malwarebytes eksperti Jérôme Segura ta'kidlashicha, bu taktika ayniqsa AQSh va Yevropa mintaqasidagi foydalanuvchilarga qaratilgan. Google kompaniyasi hozircha bu muammoni hal qilish bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Eslatma: Agar siz Apple, Microsoft yoki kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, doimo ularning rasmiy saytlaridagi kontakt ma'lumotlaridan foydalaning.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08