Sony bir vaqtning oʻzida 10 ta oʻyin-xizmatlari ustida ishlamoqda

PlayStation Studios rahbari Herman Xulst yangilik haqida, bu kompaniya oʻnta Fortnite yoki Destiny ishlab chiqaradi degani emas, balki: “Biz eng yuqori sifatli oʻyinlarni chiqarayotganimizni anglatadi,” dedi.

Ushbu loyihalardan biri The Last of Us o‘yiniga aloqador bo‘ladi. Guerrilla Games Horizon multiplayer oʻyinini ishlab chiqayotgani ham allaqachon tasdiqlangan edi.

2022-yil yanvar oyida Sony Bungie (Destiny) studiyasini, keyinroq Haven Studiosʼni sotib oldi va endi Firewalk Studiosʼni sotib olmoqchi, ularning barchasi Sony uchun oʻyinlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Sony baʼzi oʻyin xizmatlarini bir vaqtning oʻzida PS5 va kompyuterda chiqaradi

Xulstning soʻzlariga koʻra, Sony bir vaqtning oʻzida bir nechta taytllarini shaxsiy kompyuterlar uchun chiqarishga qaror qilgan. Shu bilan birga, baʼzi oʻyinlar PlayStation uchun eksklyuziv boʻlib qolishini taʼkidladi, yaʼni baʼzi oʻyinlar PC da oʻynashga berilmaydi.

Ishlab chiqilayotgan oʻnta oʻyin xizmatlari turli janrlarda va turli auditoriyalarni hisobga olgan holda yaratilgan. Xulstning qoʻshimcha qilishicha, ulardan kamida bittasi bir vaqtning oʻzida PS5 va kompyuterda chiqariladi — bu oʻyin yaqinda sotib olingan Firewalk Studios tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Horizon Forbidden West: Burning Shores/19-aprel kuni taqdim etilgan

Avvalroq Giglink.uz 2023-yilning kutilayotgan eng yaxshi cho‘ntak o‘yin konsollaridan biri — Sony Q Lite gadjetini taqdim qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47