Counter-Strike 2 rasman taqdim qilindi: ko‘proq reallik, grafika va azartdan bahramand bo‘ling

Soʻnggi 11 yildagi eng katta yangilanishida oʻyin yangi grafika, Source 2 dvijogi, yaxshilangan oʻq otish mexanikasi va boshqa oʻzgarishlarga ega boʻldi. Maqolada yangilangan o‘yinni birinchilardan bo‘lib o‘ynab ko‘rishingiz uchun havola berdik.

Fevral oyida Valve Counter-Strike 2ʼni eʼlon qilishi bilan oʻyin ixlosmandlari orziqib kutayotgan Ikkinchi qismi nihoyat rasman taqdim etildi. 

Oʻzgarishlar:

• Yaxshilangan grafikalar;

• Qayta ishlangan yorugʻlik, granatalar tovushi va effektlar;

• Yangilangan xaritalar;

• Source 2 dvigateli;

• Nol tikreyt (maʼlumotlarning uzilishsiz yetkazib berilishi).

Vizual

Grafika yanada dinamik va “silliq” koʻrinish oldi. Baʼzilar uchun yangi grafikaga avval boshida koʻnikish qiyin boʻlishi mumkin, biroq bu vaqtinchalik. Oʻyin grafikasidagi yorugʻliklar ustida ishlangani tufayli xaritalar yanada realroq koʻrinadi. Shuningdek, xaritalar ham oʻzgartirilgan boʻlib, bir nechta lokatsiyalar qaytadan chizilgani aytilmoqda (hozircha aynan qaysi lokatsiyalar ekanligini aniq aytilmagan).

Tutunli granatalarni endi umuman tanish qiyin: tutun yorugʻlik, tortishish va portlash jarayonida reaksiyaga kirishadigan zarralar shaklida taqdim etiladi. Tutun ochiq eshiklar va singan derazalar orqali tarqaladi, zinadan yuqoriga va pastga tushadi, koridorlar boʻylab tarqaladi va boshqa granatalar tutuniga aralashadi. Bir soʻz bilan aytganda, qurollardan chiqadigan otish, tutun va boshqa effektlar yanada realistik koʻrinish oladi.

Granata tutunlarining yangilangan koʻrinishi:

Boshqa effektlar ham yanada realistik tus olgan. Misol uchun, oʻq tekkanida otilgan joyiga qarab qon dogʻlari paydo boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan qon quriydi. Ovozlar akustikasi yanada dinamikroq boʻlib, oʻyin oʻynovchining xaritadagi joylashuviga qarab oʻzgaradi. Bu orqali oʻyin oʻynayotgan foydalanuvchi raqibining taxminiy joylashuvini aniqlashi osonroq boʻladi.

Mexanika

Ishlab chiquvchilar interfeys dizaynini oʻzgartirdilar. Bundan tashqari, qurollarda ham oʻzgarishlar qilingan boʻlib, baʼzilari yaxshilangan, baʼzilarining ishlashi esa sustlashtirilgan.

Kibersportchilarning yangilangan oʻyindan ayniqsa “maza qiladigan” joyi: harakatlar tezligi. Endi oʻyinda harakatlar yanada tezroq boʻlib, server yangilanishini kutish shart emas. Oddiy qilib aytganda, harakat, otishma va urishish sahnalari endi serverning yangilanish tezligiga bogʻliq emas.

Muhim jihati: Counter-Strike 2ʼni alohida sotib olish shart emas. Oʻyin CS:GOʼning davomi boʻladi, yaʼni barcha teri va boshqa asboblar saqlanib qoladi (yangi grafikalar tufayli terilar yanada chiroyli koʻrinish oladi).

Qachondan o‘ynash mumkin boʻladi?

Oʻyin 2023-yilning yozida foydalanish uchun taqdim etiladi. 22-mart kuni kibersportchilar uchun yopiq beta-test boshlangan. Siz ham quyidagi havola orqali yangilangan oʻyinni oʻynab koʻrishingiz mumkin: https://counter-strike.net/cs2

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56