Asus ROG Strix Scar 18: o’yin ishqibozlari uchun “monstr-kompyuter”

18 dyuymli, ulkan va noqulay oʻyin kompyuteri bilan sizni nimalar kutayotganini tasavvur qilish qiyin. Ammo…

pcworld.com

Shuning uchun ham u menga yoqadi, deydi ROG Strix Scar 18 qurilmasini tariflagan oʻyin kompyuterlari boʻyicha mutaxassis.

“Mazkur kompyuter ortiqcha chiranishlardan holi, PC oʻrnini bosuvchi, katta hajmli boʻlib, boshqa oʻyin kompyuterlari kabi koʻtarib yurishga qulay boʻlishi uchun ixcham qilinmaganligi bilan ajralib turadi”.

Xususiyatlari

Asus ROG Strix Scar 18 kompyuteri Lenovo Legion 9i bilan bir xil motivda ishlab chiqilgan. Asus mazkur kompyuterini faqat ikkita konfiguratsiyada taqdim etadi. Qaysi konfiguratsiyani tanlashingizdan qatʼiy nazar, har ikkisi ham ulkan quvvatni taqdim etadi va narxi ham shunga yarasha arzongina emas.

Asus ROG Strix Scar 18 (2024)

  • Oʻlchamlari - 0,91 x 11,57 x 15,71 dyuym
  • Ogʻirligi - 3kg (6,83 funt)
  • Markaziy protsessor - Intel Core i9-14900HX
  • Grafika - Nvidia RTX 4090 Laptop GPU
  • Ram - 32 GB DDR5-5600 xotira
  • Displey - 16 dyuym, 2560 x 1600, mini-LED, 240 Gts
  • Saqlash - 2TB PCIe Gen4 NVMe SSD
  • Sensor - Yo’q
  • Portlar:

2 USB 3.2 Gen 2 Type-A, 1 USB 3.2 Gen 2, 1 Thunderbolt 4, 1 LAN 2.5G, 1 HDMI 2.1, 1 3,5 mm

  • Simsiz ulanish - Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.3
  • Veb kamera - 720p
  • Operatsion tizim - Windows 11 Professional
  • Batareya - 90 vatt soat
  • Narxi - 3900 AQSh dollari

Ikkala konfiguratsiyada maksimal chastotasi 5,8 gigagertsli 24 yadroli Intel Core i9-14900HX protsessor va 32 Gb DDR5-5600 xotirasi, RAID 0 da ikkita 2 TB SSDga boʻlingan 4 TB gacha xotira (standart 1 TB) va 240 Gts yangilanish tezligiga ega 1600p Mini LED displey mavjud.

Yagona farq — bu video karta. Bunda RTX 4080 yoki RTX 4090 ni taqdim qilingan.

2TB xotiraga ega RTX 4090 modeli narxi 3900 dollar turadi (1TB xotiraga ega RTX 4080 konfiguratsiyasini esa 3000 dollarga olish mumkin).

Dizayn

6,89 funt va 0,9 dyuym qalinlikdagi Strix Scar 18 ni koʻtarib yurish ilojsiz. Va bu normal holat, chunki oʻyin noutbuki kundalik koʻtarib yurish uchun ishlab chiqilmaydi.

Ushbu noutbuk 16:10 nisbatli 18 dyuymli displeyga ega; uzunligi deyarli bir fut va kengligi 16 dyuym. Bu juda katta hajm.

Biroq, bu uning uchun yaxshi. Strix Scar 18 klaviaturalari keng va ekrani shunchalik kattaki, siz noutbukdan belgilangan uzoqlikda oʻtirganingizda deyarli butun koʻrish maydoningizni toʻldiradi.

Noutbuk plastik korpusga ega, ammo uning ustiga metall korpus qoʻyilgan. Klaviatura egilmaydi va noutbukning ichki qismi mustahkam. Biroq, ekran ikkita juda kichik ilgaklar tufayli biroz tebranadi, shuningdek, biroz egiluvchan.

Ushbu noutbukning eng ajoyib jihatlaridan biri bu - RGB. Oʻtgan yilgi Strix Scar 17ʼdan farqli oʻlaroq, noutbukning old tomonida RGB yoritkichi bor.

Bundan tashqari, klaviaturani oʻrab turgan plastmassa asta-sekin rangini qoradan tutun-sifat tusga, soʻng bora-bora shaffofga oʻzgartiradi. Asus, bu yerga ham RGB yoritgichni qoʻygani uchun qurilma porlab turadi.

Strix Scar 18 — oʻyin oʻynashdan maksimum zavq olishni istaydiganlar uchun barcha imkoniyatni taqdim etadi.

1600p odatiy koʻrsatkichida va maksimal sozlamalarda Strix Scar 18 soniyasiga 100 kadr ishlab chiqaradi.

Kuchli protsessorga ega “brutal” uslubdagi ish stoli kompyuterini istaganlar uchun Strix Scar 18 — eng zoʻr tanlov. Lekin bunda narxi va hajmini ham hisobga oladigan boʻlsak, mazkur “monstr”ni tanlashdan oldin u qanchalik sizga/choʻntagigingizga mos kelishini oʻylab koʻrish kerak boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Excel'da ishingizni osonlashtiradigan 5 funksiya
Excel’da ishni tezlashtiradigan 5 funksiyani o‘rganing. UNIQUE, TEXTSPLIT, CHOOSECOLS, SUBSTITUTE va XMATCH yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomatlashtirishni osonlashtiring.
Lifehacker
20 oktabr, 11:50
Windows uchun ChatGPT dasturining desktop versiyasini chiqdi
ChatGPTni endi Windows uchun alohida ilova sifatida yuklab olish mumkin. Lekin hamma uchun emas
AI
19 oktabr, 22:49
Galaxy S24 FE yoki Galaxy S24: Qaysi biri yaxshiroq?
Ushbu Flagmanlar uchun ko'p pul sarflashga arziydimi?
Smartfon
19 oktabr, 11:53
Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11