ASUS ROG Ally: oʻyin va yaxshi kompyuter ixlosmandlari uchun eng yaxshi portativ konsol

Kompyuter oʻyinlari uchun portativ konsollar jadal rivojlanmoqda. Soʻnggi taqdim etilgan ASUS ROG Ally yaxshi ekranga, kuchliroq protsessorga va yengilroq korpusga ega. Ammo qurilmaning bir nechta kamchiliklari ham bor.

Toʻliq Windows 11-da ishlaydigan portativ konsol

ROG Ally steroidlardagi ulkan PSP yoki Nintendo Switchʼga oʻxshaydi. Bu klaviaturasi yoʻq, biroq yon tomonlarida “oʻyin” tugmalari, joystiklar va qulay tutqichlarga ega kichik noutbuk hisoblanadi. Hammasi oddiy Windows 11 da ishlaydi, yaʼni ROG Ally uchun maxsus qimmat oʻyinlarni sotib olishingiz shart emas, oʻyinlarni yuklash boʻyicha hech qanday cheklov yoʻq.

Shuningdek, ROG Allyʼdan toʻliq kompyuter sifatida foydalanish mumkin. Yuqorigi tarafida yondan USB-C orqali tashqi monitorni ulash va Bluetooth orqali klaviatura bilan sichqonchani olish imkoniyati bor. Qoʻshimcha aksessuarlarsiz pristavkadan foydalanish uchun ASUS maxsus boshqaruv rejimini taklif qiladi. Oʻng mini-joystik kursorni harakatga keltiradi, u sichqoncha vazifasini oʻtaydi.

Matn kiritish uchun ekrandagi sensorli klaviatura ishlatiladi. Ammo u unchalik qulay emas, sababi harf terishda barmoqlar harakatlanishi noqulay. Qurilmada Windows ishlashida noqulayliklar bor. Masalan, birinchi ishga tushirishda siz 15 daqiqa davomida Windows 11 sozlamalari bilan ovora boʻlasiz. Keyin drayverlarni va tizimni yangilash uchun vaqti-vaqti bilan qayta yoqishga toʻgʻri keladi.

Shunday qilib, qurilma qutisi ochilgan boshlab oʻyin oʻynashgacha taxminan 3 soat vaqt ketadi — bu barcha profillarni oʻrnatish, Wi-Fi orqali 60 Gb yuklab olish, Doom Eternal sozlamalarini oʻrnatish demakdir.

Ekran va ovoz

Odatda, portativ konsollarda ekranlar katta hajm, yuqori chastota va yorqinlikka ega oʻyinlarni tortmaydi. ROG Ally ajoyib ekranga ega — bu turdagi qurilmalar orasida eng yaxshisi. U yorqin, 120 Gts yangilanish tezligi va nisbatan yuqori Full HD piksellar soniga ega.

Maksimal yorqinligi 500 nits DisplayHDR 400 standartiga toʻgʻri keladi. Oddiy tasvirdan farq kichik, lekin ranglar yanada yorqinroq boʻladi. Shubhasiz, Nintendo Switchʼdan yaxshiroq. Yuqori qismida 3,5 mm eshitish vositasi sloti mavjud. Unda yaxshi ovoz kuchaytirgichi bor. Eshitish vositasini Bluetooth orqali ham ulash mumkin, biroq oʻyinlarda bir necha millisekundlik kechikib ulanish boʻlishi mumkin.

Oʻynash uchun qulay dizayn

ASUS ROG Ally real hayotdan koʻra suratlarda yaxshiroq koʻrinadi. Matovy oq plastik korpusi mustahkam koʻrinishga ega, ammo tashqi dizayni oʻyinchoqqa oʻxshab ketadi. Ekran issiqqa chidamli shisha bilan himoyalangan, lekin uning ostida kichik havo boʻshligʻi bor, shuning uchun uni bossangiz, u biroz ichkariga choʻkib qoladi.

Qurilmani tik turib oʻynash noqulay. Tutqichlarning shakli va tugmalarning joylashuvi jihatidan ROG Ally, agar oʻrtada ekran boʻlsa, Xbox One geympadiga oʻxshaydi. Asosiy tugmalardan tashqari, ekranning yon tomonlarida yana ikkita bor: biri tezkor sozlamalarni ochadi, ikkinchisi kengaytirilgan markali Armory Crate menyusi.

Yuqori qismida barmoq izlari skaneri, ovoz balandligini oʻzgartirish tugmasi va micro-SD sloti va quvvat tugmasi mavjud boʻlib, xotirani pristavkani qismlarga ajratmasdan kengaytirish mumkin. Oʻyin davomida yuqori tugmalarni bosish noqulay, ammo ovoz balandligi va yorqinlikni boshqarishni ekran orqali sozlash mumkin. Pristavkaning ekran oʻlchamlari 1920×1080 piksel. Diagonali 7 dyuym boʻlgan tasvir smartfonlar darajasida aniq koʻrinadi. Ammo portativ pristavka uchun bu minus.

Piksel oʻlchamlari qanchalik baland boʻlsa, qurilmaga shunchalik yuqori bosim boʻladi. Natijada, barcha oʻyinlarning “yuqori” grafik sozlamalarida sekinlik kuzatiladi. Agar siz shunchaki piksellar sonini pasaytirsangiz, rasm loyqa boʻlib chiqadi, chunki virtual piksellar jismoniy piksellarga mos kelmaydi.

Batareyalar chidamliligi past

ROG Ally Steam Deck bilan bir xil 40 Vt quvvatdagi batareyaga ega. Ammo zaryadi unchalik uzoq vaqtga yetmaydi.

Maksimal ishlash rejimida konsol Assassins Creed Valhallaʼda ikki soatdan kam ishlaydi. Lekin siz vaqti-vaqti bilan 30-40 daqiqa oʻyin oʻynaydigan geymer boʻlsangiz, qurilmaning bir martalik toʻliq zaryadi bir kunga yetishi mumkin. Persona va Hades kabi oʻyinlarda u uzoqroq oʻynadi (3-4 soat).

Narxi va oʻxshash qurilmalar

ASUS ROG Ally AQShda narxi 700 dollar. OLX’da narxi — 976$. Shuningdek, Amazon orqali buyurtma qilishi mumkin, bunda narxi 860$ ga yetadi. 2023-yilning kuzida kichikroq oʻlchamga ega protsessor va 512 GB oʻrniga 256 GB SSD bilan soddalashtirilgan versiya chiqariladi. Uning narxi 600 dollardan boshlanadi.

Oʻxshash qurilmalar:

Valve Steam Deck.

Nintendo Switch OLED.

Acer Nitro 5 (2022).  

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41