Tahlil: har yili iPhone sotib olish o‘rniga superkarga ega bo‘lish mumkin

Buni qarangki, iPhone o‘rniga kompaniya aksiyalarini sotib olishni tanlaganingizda edi, allaqachon orzularingizdagi superkarga ega bo‘lishingiz mumkin ekan.

Apple mahsulotlari ikkilamchi bozorda oʻz qiymatini saqlab qolishga moyildir, ammo maʼlum boʻlishicha, har yili yangi iPhone sotib olish siz oʻylagandan ham yomonroq biznes strategiyasi hisoblanadi.

Buni yangi iPhone sotib olish oʻrniga Apple aksiyalariga sarmoya kiritsangiz, qancha pul ishlashingiz mumkinligini hisoblab chiqqan holda isbotlaymiz.

Mazkur raqamlar boʻrttirib yuborilayotgandek tuyulishi mumkin, ammo CNBC biznes yangiliklari kanali taqdim etgan natijalar ajoyib.

Aytaylik, agar siz 2007-yildan beri har yili yangi iPhoneʼga sarflagan summani sarmoya kiritishga sarflaganingizda, hozir sizda superkar sotib olish uchun yetarlicha mablagʻ boʻlar edi.

Birinchi Apple iPhone 2007-yilda chiqqanida uning narxi 499 dollar edi.

Oʻshanda aksiya 2,50 dollarga sotilgan, bu bugungi kundagi har bir aksiya narxida  177 dollar arzon.

Agar siz oʻsha paytda 499 dollarga Apple aksiyalarini sotib olgan boʻlsangiz, bugungi kunda qiymati 34 000 dollardan ortiq boʻlgan 200 ga yaqin aksiyalarga ega boʻlardingiz.

Apple aksiyalari 2000-yillarda stabil yurib keldi va narx 2010-yillarda nisbatan past boʻlib qoldi.

Bu shuni anglatadiki, siz iPhone 4, 5, 6, 7 yoki hatto iPhone 8 yoki X ni xarid qilish oʻrniga 2019-yilgacha har yili Apple aksiyalarini uncha qimmat boʻlmagan narxda sotib olishingiz mumkin edi.

Faqat bunda inflyatsiya va dividendlar hisobga olinmagan.

Hatto 2020-yilda ham Apple aksiyalari 100 dollardan pastroqda sotilayotgan edi.

Bu shuni anglatadiki, agar siz bir necha yil oldin iPhone 12 oʻrniga aksiyalarni sotib olgan boʻlganingizda, pulingizni kamida ikki baravar oshirgan boʻlardingiz.

2023-yilga kelib esa bu strategiya qanchalik ish berishini hozircha hech kim bilmaydi.

Ammo multimillioner Robert Kroakʼning quyidagi soʻzlarida jon borligi aniq:

“Har safar biror narsa sotib olmoqchi boʻlsangiz, oʻsha qiymatda kompaniyaga sarmoya ham kiritishingiz kerak”.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04
Bitcoin narxi tarixda ilk marta 77 ming dollardan oshdi
Ethereum narxi deyarli 3 ming dollarni tashkil etdi
Texnologiya
09 noyabr, 09:53
Samsung yangi buklanadigan W25 Flip smartfonini taqdim etdi
"Galaxy" qo'shimchasi yo'q, premium-klassdagi 1400 dollarlik smartfon.
Smartfon
08 noyabr, 17:29