Stiv Jobs imzolagan chek salkam 107 ming dollarga sotildi

Stiv Jobs imzolagan chek auksionga qoʻyilganida taxminan 25 000 dollarga sotilishi kutilgandi.

Oxirgi bir necha oy ichida kim oshdi savdosiga turli yillarda ishlab chiqarilgan original iPhoneʼlar qoʻyilib kelinayotgandi. Endi Appleʼga tegishli esdalik buyumlari sotuvga qoʻyildi. Ular orasida Stiv Jobsning 1976-yilda imzolagan Apple Computer Company cheki, Jobsning NeXT qoʻngʻiroq kartasi va boshqalar ham bor.

10-may kuni yopilgan auksionda sotilgan yakuniy summa kutilganidan 400% qimmat boʻlib, 106 985 dollarni tashkil etdi. Jobs NeXT tashrif qogʻozi esa 3 076 dollarga topshirildi.

RR Auction Stiv Jobs tomonidan imzolangan chekni “original” holatda deb taʼrifladi. 1976-yilning yozida imzolangan chekka doir barcha tafsilotlar toʻlaligicha saqlanib qolgan.

Chekda Apple kompaniyasining birinchi rasmiy manzili koʻrsatilgan: “770 Welch Rd., Ste. 154 Palo Alto — bu mashhur Jobs oilaviy garajida foydalanilgan javob berish mashinasi va pochta qutisining joylashuvi.

Auksionda arzonroq buyumlar ham bor boʻlib, aytaylik, Stiv Jobsning 1990-yillarda ishlab chiqarilgan NeXT tashrif qogʻozi ham bor. Imzolanmaganligi sababli uning qiymati +800$ deb baholangan edi va natijada 3 076 dollarga sotildi.

Avvalroq Giglink.uz Apple’ning Stiv Jobs tomonidan hazil tariqasida ishlab chiqqan noyob paypoqlari sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47