Apple insayder maʼlumotlarini tarqatgan xodimni ayyorlik bilan topib, ishdan boʻshatdi

Apple kompaniyaning hali ishlab chiqarilmagan qurilmalari va ilovalari haqidagi maʼlumotlarni uzoq vaqt oshkor qilib kelgan xodimni aniqladi va ishdan boʻshatdi.

Bu haqda Twitterʼda analyst941 yuzerneymi ostida maʼlumot chop etib kelgan xodimning ukasi xabar berdi.

Insayder MacRumors forumida katta post qoldirdi, unda Apple qanday qilib sizib chiqqan maʼlumotni topishga muvaffaq boʻlgani haqida gapirdi.

Analyst941ʼning opasi Apple kompaniyasida ishlagan va iPad uchun Final Cut Pro va Logic Proni ishlab chiqqan jamoaning tarkibida faoliyat olib borgan.

Apple ichki maʼlumotlarni kim tarqatayotganini aniqlash uchun juda oddiy va ayyorona usuldan foydalandi: kompaniya xodimlariga bir vaqtda iPad ilovalari chiqish sanasini maʼlum qilgan, biroq bunda har kimga har xil sana aytilgan.

Analyst941 maʼlumotni Twitterʼda joylashtirganidan soʻng, Apple xavfsizligi xizmati xodimlari maʼlumotni kim tarqatganini osongina topdi. Surishtiruv ishlari natijasida insayderning opasi ishdan boʻshatildi.

“Men buni qilganimga ishonmayman, singlim va umuman Apple uchun juda afsusdaman. Yana nima deyishni bilmayman. Bilaman, opam ruhan singan, hozir u ham mendan nafratlanmoqda”.

Insayderning maʼlum qilishicha, Apple unga va uning opasiga qarshi qonuniy choralar koʻrishi mumkin. Shuningdek, u endi maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilmasligini qoʻshimcha qildi. Analyst941 allaqachon Twitter akkauntini oʻchirib tashlagan, MacRumors profili esa 24 soat ichida oʻchirib qoʻyiladi.

Avvalroq Apple kompaniyasining ehtiyot qismlarini oʻgʻirlagan xodimi 3 yilga qamalgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47