Oʻzbekistonda Chery Tiggo 4 Pro yangi versiyasi taqdim etildi

Yangilangan Chery Tiggo 4 Prodan old bamper va yon tomonlardagi qizil bezak va nomidagi Plus soʻzi olib tashlangan.

Ammo boshqa tomondan, 16/17 dyuymli yangi dizayndagi balon disklari bilan jihozlangan, xabar berdi CarsWeek. Radiator panjarasi uchun ishlab chiqaruvchi ikkita dizayn variantini taqdim etdi — bu nuqtali yoki chiziqli koʻrinish.

Avtomobilning ichki qismini yangi rang sxemalarida bezash mumkin. Sensorli knopkalar va ​​multimedia faqatgina top versiyalarida taqdim etiladi. U shuningdek, ikki qavatli markaziy tunnelga ega.

Dvigatel diapazoni oʻzgarmay qolgan. Avtomobil ikkita benzinli dvigatelga ega. Bu bir yarim litrli atmosfernik boʻlib, uning kuchi 120 ot kuchiga teng. Shu bilan birgalikda besh pogʻonali mexanika yoki variator ham ishlaydi.

Avvalroq Oʻzbekistonga Cherry’ning boshqa bir hamyonbop va ixcham elektromobili keltirilgan va narxlari ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10