Land Rover afsonaviy Defenderning 30 ta tirajdan iborat retro versiyasini sotuvga chiqardi

Land Rover 1965-yilgi Land Rover Series IIa uslubidagi klassik Defenderning retro versiyasini chiqardi. Jami 30 nusxada taqdim etiladigan modelning 17 tasi qisqa kuzovli va 13 tasi choʻzilgan korpusga ega.

Retro yoʻltanlamaslar 2012-2016 yillarda ishlab chiqarilgan donor avtomobillar asosida yigʻilgan, biroq ularning dvigateli va transmissiyasi zamonaviyroq — kapot ostida 405 ot kuchiga ega atmosfera V8 dvigateli oʻrnatilgan va 515 Nm aylanuvchi moment, sakkiz pogʻonali avtomat bilan birlashtirilgan.

Oʻrindiqlar va eshiklar qora charm mato bilan qoplangan, shuningdek, modelda Amerika yongʻogʻi hamda Kilchoman eman daraxtidan tayyorlangan viski bochkalaridan foydalanilgan.

Bagajnikka ishlov berishda eman qoplamasi ham ishlatilgan.

Maxsus versiya Shotlandiyaning Islay oroli sharafiga Classic Defender Works V8 Islay Edition deb nomlangan. Islay orolida Rover boshqaruvchi direktori Spenser Uilksning uyi joylashgan va Land Rover nomi ham aynan oʻsha yerda paydo boʻlgan. Hatto model kuzovi rangi ham Spenser Uilks shaxsiy mashinasining rangiga boʻyalgan.

Yoʻltanlamas narxi taxminan 288 ming dollardan boshlanadi. Bonus sifatida har bir xaridorga bir shisha cheklangan tirajda tayyorlangan viski taqdim etiladi.

Avvalroq Xitoyda jami 10 nusxada chiqariluvchi 174 ming dollardan baholangan Karlmann King Zr bahaybat yo‘ltanlamasi namoyish qilingan edi.


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47