Xitoyliklar Karlmann King Zr bahaybat yo‘ltanlamasini namoyish qildi
Avto
24 aprel, 14:14
Karlmann kompaniyasi Shanxay avtosalonida birdaniga uchta kiberpank uslubidagi yoʻltanlamasni namoyish etdi. Ushbu 3 ta model Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlar nomi bilan atalgan: Zr — sirkoniy, Pt — platina, Ti — titan.
Karlmann King Zr Ford F-450 platformasida qurilgan. U beshta oʻrindiq va koʻtariluvchi eshiklarga ega, kapot ostida esa 6,8 litrli V10 dvigateli oʻrnatilgan.
Jami 10 nusxada chiqariladi, narxi ~174 ming dollardan boshlanadi.
Karlmann King Ti — harakatlanish yoʻnalishiga qarama-qarshi ochiladigan ikkita qoʻshimcha eshikli kengaytirilgan versiya. Uning saloniga oltitagacha yoʻlovchi sigʻishi mumkin.
Kompaniya Karlmann King Pt-ni “super yoʻltanlamas” deb atamoqda, biroq u haqida tafsilotlarni oshkor qilmayapti.
Shunday qilib, King Pt konseptsiya holatida, King Zr va Ti esa deyarli soʻnggi versiya prototipi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, oldinroq Ilon Mask o‘zining ko‘pburchakli Tesla Cybertruck yo‘ltanlamasi yetkazib berish muddatini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04