Hozirda sotib olish mumkin boʻlgan eng arzon Tesla modeli

Tesla Model 3 bugungi kunda sotuvdagi barcha yangi Tesla modellarining eng arzoni hisoblanadi, ammo mashina sotib olishga arziydimi?

Hozirgi vaqtda elektr transport vositalariga juda katta tanlov mavjud boʻlsa-da, ular orasida Tesla hali ham ustunlik qilmoqda.

Model 3’ning Rear Wheel Drive (RWD) yoki Performance versiyalari 40 240 dollar va 53 240 dollarga sotiladi hamda ishlab chiqarila boshlangan 2017-yildan beri standart elektromobillar hisoblanib kelinadi.

Ammo boshqa avtomobillarga nisbatan Tesla Model 3 kamroq funksiyalarni taqdim etadi.

Xoʻsh, eng arzon Tesla sotib olishga arziydimi?

Tesla Model 3 RWD hozirda kompaniyaning eng arzon modeli hisoblanadi.

Boshlangʻich narxi 40 240 dollar boʻlgan 2023 Tesla RWD yaxshi imkoniyatlarga ega, ayniqsa EPA tomonidan berilgan 272 milya (437 km) masofa ko’rsatkichini hisobga oladigan boʻlsak.

Masofa uchun energiya zaxirasi lityum temir fosfat tarkibiga ega 50 kilovatt-soat quvvatdagi batareya yordamida taʼminlanadi.

Baʼzi xususiyatlar, jumladan, ultratovushli sensorlar va yoʻlovchilarning bel qismi tayanchi olib tashlangan. Ammo bu umumiy foydalanishda unchalik sezilarli hisoblanmaydi.

Eski Model 3 Standard Range Plus kabi boshqa Tesla modellaridan farqli oʻlaroq, diapazonni aniq baholash uchun 100 foizgacha zaryadlash tavsiya etiladi.

Batareyani hisobga olmaganda, Tesla Model 3 RWD 5,8 soniyada 60 (97 km/soat) tezlikka erisha oladi va 140 milya (225 km/soat) tezlikka chiqadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25